Hamid Karzay

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Karzay Homeddan yoʻnaltirildi)

Karzay Homed (1957, Qandahor shahri yaqinidagʻi Karz qishlogi) — Afgʻoniston davlat arbobi. Qobuldagi "Habibiya" bilim yurti (1976), Hindistonning Simda shahridagi Ximachal Pradesh universiteti (1982)ni tugatgan. SSSRning Afgʻonistondagi qoʻshinlariga qarshi urushda ishtirok etgan. 1982 yildan Afgʻonistonni ozod etish milliy fronti tezkor boshqarmasi boshligʻi, 1985 yildan axborot departamenti raisi, siyosiy departament boshligʻi oʻrinbosari, 1989 yildan Peshovarda joylashgan S. Mujaddadiy rahbarligidagi Afgʻoniston muvaqqat hukumatida tashqi aloqalar departamenti bosh direktori, 1992 yildan B.Rabboniy boshchiligidagi muvaqqat hukumatda tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari. 1994 yil "Tolibon" harakatiga qoʻshilgan, ammo 1995 yil oxiriga kelib, bu harakat mohiyatini anglab yetgach, uni tark etgan. 1997 yil Pokistonning Kvetta shahrida Afgʻonistonda Loya jirgʻani oʻtkazishga yordam koʻrsatish boʻyicha boʻlinma taʼsis etgan. 1999 yil Loya jirgʻani tashkil etish boʻyicha Zohir Shoh boshchiligidagi Rim guruhi ijroiya qoʻmitasi aʼzosi. 2001 yil dekabrda Bonn shahrida boʻlib oʻtgan Afgʻoniston muvaqqat hukumatini taʼsis etishga bagʻishlangan konferensiyada muvaqqat hukumat raisi etib saylangan. 2002 yil maydan Afgʻoniston Oʻtish Islom Davlati raisi, 2004 yil oktyabrdan 2014-yilgacha Afgoniston Islom Respublikasi prezidenti.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]