Ashraf Gʻani
Ashraf Gʻani Ahmadzay | |
---|---|
![]() Ashraf Gʻani | |
Afgʻoniston Prezidenti | |
Mansab davri 29-sentabr 2014-yildan — 15-avgust 2021-yilgacha | |
Vitse-prezident |
Abdul Rashid Doʻstum Amrulloh Solih |
Oʻtmishdoshi | Hamid Karzay |
Vorisi | Amrulloh Solih (v.b.) |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
12-fevral 1949-yil Luvgar viloyati, Afgʻoniston |
Turmush oʻrtogʻi | Rula Gʻani |
Ashraf Gʻani (pushtucha: محمد اشرف غني, forscha: محمد اشرف غنی) [1] — Afgʻoniston sobiq prezidenti iqtisodchi va antropolog. U 2014-yil 21-sentabrda Afgʻoniston prezidenti etib saylandi.[2]
Isteʼfosi[tahrir | manbasini tahrirlash]
2021-yil Afgʻonistonda Tolibon harakatining kuchayishi va mamlakatning 85 % hududi va bir nechta asosiy shaharlarini qoʻlga kiritishi ortidan Ashraf Gʻani Afgʻonistonni tark etishga tayyorlanayotgani haqida xabarlar tarqaldi[3]. 14-avgustda esa Ashraf Gʻani hatto isteʼfoga chiqish haqida ariza yozgani maʼlum boʻldi[4]. U hokimiyatni muvaqqat hukumatga topshirib, oilasi bilan Tojikistonga uchib ketdi[5]. Bundan tashqari boshqa manbalarda Ashraf Gʻani Oʻzbekistonda ekani haqida aytib oʻtildi. Keyinchalik, uni Ummonda ekani haqida yozishdi[6]. Keyinchalik Ashraf Gʻani Birlashgan Arab Amirliklaridan turib afgʻon xalqiga videomurojaat yoʻlladi[7].
Ayblov[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ashraf Gʻani isteʼfo berib, mamlakatdan chiqib ketganidan soʻng Afgʻonistonning Tojikistondagi elchisi Zohir Akbar uni davlat xazinasidan pul oʻgʻirlaganlikda aybladi. Akbarning aytishicha Gʻani Afgʻoniston budjetidan 169 million AQSh dollari oʻgʻirlagan. Zohir Akbar shuningdek, Ashraf Gʻanining mamlakatdan qochib ketishini „davlat va millatga xiyonat“ deb atagan[8]. Ashraf Gʻani esa Birlashgan Arab Amirliklaridan turib yoʻllagan videomurojaatida bu gaplarni tuhmat deb atagan[7].
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Президент Афганистана изменил имя“. Lenta.ru (3 ноября 2014).
- ↑ „Афғонистон: Ашраф Ғани президентликка қасамёд қилди“. Би-Би-Си (29-sentabr 2014-yil). Qaraldi: 7-noyabr 2014-yil.
- ↑ „Афғонистон президенти мамлакатни тарк этишга тайёрланмоқда — ОАВ“. Bugun.uz. Qaraldi: 13-avgust 2021-yil.
- ↑ „Афғонистон президенти истеъфога чиқиш ҳақидаги аризасини ёзди — ОAВ“. Bugun.uz. Qaraldi: 14-avgust 2021-yil.
- ↑ „Aфғонистон президенти Тожикистонга учиб кетгани айтилмоқда“. Bugun.uz. Qaraldi: 15-avgust 2021-yil.
- ↑ „Ашраф Ғани ва маршал Дўстумнинг Ўзбекистонда экани рад этилди“. Bugun.uz. Qaraldi: 17-avgust 2021-yil.
- ↑ 7,0 7,1 „Ашраф Ғани БААдан Афғонистон аҳолисига мурожаат қилди“. Bugun.uz. Qaraldi: 19-avgust 2021-yil.
- ↑ „Ашраф Ғанининг мамлакат ғазнасидан қанча пул олгани маълум бўлди“. Bugun.uz. Qaraldi: 18-avgust 2021-yil.
|
![]() |
![]() |