Zohirshoh Muhammad

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Zohirshoh Muhammad (191* 15.10, Kobul) — Afgʻoniston shohi (1933.8.11 — 1973.24.8). Muhammad Nodirshohning oʻgʻli. Fransiyada tahsil olgan (1924— 30). Afgʻonistonga qaytgan va harbiy ofitserlar bilim yurtini tugatgan (1931). 1932—33 y.larda milliy mudo-faa vaziri oʻrinbosari, 1933 y.da ma-orif vaziri vazifasini bajaruvchi. 1933 y. 8 noyabrda otasining oʻlimidan keyin taxtga oʻtirgan. Shoxlik davrida mamlakat mustaqilligini mustahkam-lash va betaraflik siyosatini olib borgan, harbiy bloklarga qoʻshilmaslikka harakat qilgan. Milliy iqti-sod, madaniyat va maorifning rivoj-lanishiga koʻp hissa qoʻshgan. 3. xorijda davolanayotganda jiyani Muhammad Dovud hokimiyatni qoʻlga oldi va unga tazyiq koʻrsatdi. 1973 y. 17 iyulda monarxiya tugatilib, Afgʻoniston respublika deb eʼlon qilingach, 24 avg .da taxtdan voz kechgan. Oilasi bilan Rim yaqinidagi shaharchada yashagan. Mamlakatda toliblar hukmronligi barham topgach, Hamid Qarzay boshchiligidagi Afgʻoniston muvaqqat hukumati taklifiga koʻra Afgʻonistonga qaytib kelgan (2002 y. 18 aprel). [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil