Karim Masimov
Karim Qajimqanovich Masimov | |||
---|---|---|---|
Кәрім Қажымқанұлы Мәсімов | |||
![]() | |||
Qozogʻiston Milliy Xavfsizlik qoʻmitasi raisi | |||
Mansab davri 8-sentabr 2016-yildan — 5-yanvar 2022-yilgacha | |||
Prezident |
Nursulton Nazarboyev Qosim-Joʻmart Toqayev | ||
Oʻtmishdoshi | Vladimir Jumakanov | ||
Vorisi | Yermek Sagʻimboyev | ||
Qozogʻiston Bosh vaziri | |||
Mansab davri 2-aprel 2014-yil — 8-sentabr 2016-yilgacha | |||
Prezident | Nursulton Nazarboyev | ||
Bosh vazir | Karim Masimov | ||
Oʻtmishdoshi | Serik Axmetov | ||
Vorisi | Baktijan Sagintayev | ||
Qozogʻiston Respublikasi Prezident Maʼmuryatining rahbari | |||
Mansab davri 21-sentabr 2012-yil — 2-aprel 2014-yil | |||
Prezident | Nursulton Nazarboyev | ||
Oʻtmishdoshi | Aslan Musin | ||
Vorisi | Nurlan Nigʻmatulin | ||
7-Qozogʻiston Respublikasining Bosh Vaziri | |||
Mansab davri 10-yanvar 2007-yil — 24-sentabr 2012-yil | |||
Prezident | Nursulton Nazarboyev | ||
Oʻtmishdoshi | Daniyal Axmetov | ||
Vorisi | Serik Axmetov | ||
Qozogʻiston Respublikasi transport va kommunikatsiya vaziri | |||
Mansab davri 20-aprel — oktabr 2006-yil | |||
Prezident | Nursulton Nazarboyev | ||
Bosh vazir | Daniyal Axmetov | ||
Oʻtmishdoshi | Qayrat Kelimbetov | ||
Vorisi | Aslan Musin | ||
Mansab davri 2000-yil — 2001-yil | |||
Bosh vazir | Qasim-Joʻmart Toʻqayev | ||
Oʻtmishdoshi | Serik Burkitbayev | ||
Vorisi | Ablay Mizahmetov | ||
Shaxsiy maʼlumotlari | |||
Tavalludi |
15-iyun 1965-yil Astana shahri, Qozoq SSR, SSRI | ||
Siyosiy partiyasi | Nur Oʻtan | ||
Turmush oʻrtogʻi | Masimova Dilyaram Azatovna | ||
Bolalari | 3 ta bolasi bor | ||
Otasi | Qajimqan Qasimovich Masimov | ||
Mukofotlari |
|
Karim Qajimqanovich Masimov[1] (qozoqcha: Кәрім Қажымқанұлы Мәсімов, 15-iyun 1965, Astana, Qozoq SSR) — Qozogʻiston davlat arbobi, Qozogʻistonning ikki karra bosh vaziri (2007—2012, 2014-yildan), QR Prezident Maʼmuryatining rahbari (2012—2014).
Avtobiografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]
Karim Qajimqanovich Masimov — 1965-yil 15-iyunda Qozoq SSRning Tselinograd shahrida tavallud topgan. Otasi — Qajimqan Qasimovich Masimov[2]. Onasi — Eleonora (Ajibekova) Karimovna Masimova[3]. 1982-yil Almati shahridagi Respublika fizika-matematika maktabini bitirdi. 1985-yili Moskva shahridagi P.Lumumba nomli Xalqlar Doʻstligi universitetida arab filologiyasi boʻyicha tahsil oldi. 1988-yil Pekindagi Til bilimi institutida tahsil olgan. 1991-yil Xitoydagi Uxan adliya universitetini, 1995-yil Qozoq davlat boshqaruv akademiyasini bitirgan. Rus, qozoq, ingliz, xitoy va arab tillarini biladi.
Xizmat yoʻli[tahrir | manbasini tahrirlash]
- 1991-1992 — Qozogʻiston Respublikasi Mehnat vazirligida tashqi iqtisodiy aloqalar boʻlimining rahbari, bosh iqtisodchi.
- 1992-1995 — Qozogʻiston tijorat tuzilmalari boʻyicha Xitoyda va Gonkongda ishladi.
- 1995-1996 — „Almati Savdo Moliya banki“ning rahbari.
- 1996-1997 — „TuranAlembank“ boshqarma rahbarining vazifasini bajaruvchi.
- 1997-2000 — „Qozogʻiston xalq jamgʻarma banki“ning rahbari.
- 2000-2001 — Qozogʻiston Respublikasi transport va kommunikatsiya vaziri.
- 2001-2003 — Qozogʻiston Respublikasi bosh vazir muovini.
- 2003-2006 — Qozogʻiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi.
- 2006-2007 — Qozogʻiston Respublikasi bosh vazir muovini (bir vaqtning oʻzida 2006-yil apreldan oktabrgacha byudjet va iqtisodiy rejalashtirish vaziri).
- 2007-2012 — Qozogʻiston Respublikasi bosh vaziri.
- 2012-2014 — Qozogʻiston Respublikasi Prezident Maʼmuryatining rahbari.
- 2014-2016 — Qozogʻiston Respublikasi bosh vaziri.[4]
- 2016-2022 — Qozogʻiston Milliy Xavfsizlik qoʻmitasi raisi.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ Masimov Karim Kajimkanovich (PYeRSONALNAYa SPRAVKA)
- ↑ Masimov Karim Kajimkanovich (personalnaya spravka)
- ↑ Мама премьера Казахстана К.Масимова до сих пор работает экскурсоводом в Железнодорожном музее, 2015-09-23da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-01-27
- ↑ Указ Главы Государства, 2014-04-06da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-01-30
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Ofitsialniy sayt pravitelstva Kazaxstana Wayback Machine saytida arxivlandi (2015-01-30).
- Ofitsialniy sayt premer-ministra Kazaxstana
- Ofitsialniy blog premer-ministra RK Wayback Machine saytida arxivlandi (2012-04-03).
- Biografiya premer-ministra RK Wayback Machine saytida arxivlandi (2016-07-03).
- Internet konferensiya s Karimom Masimovim Wayback Machine saytida arxivlandi (2015-04-24).
![]() |
|
|