Alash oʻrda

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search


Alash oʻrda – qozoq xalqining milliy ozodlik, mustaqillik uchun kura-shiga rahbarlik qilgan milliy partiyasi va muxtor hukumati (1917-yil aprel– 1920-yil mart). 1917-yil 27-aprel- 7-may kunlari Semey viloyati qozoq vakillarining kengashi boʻlib, unda boʻlajak Butunqozoq vakillari qurultoyida Qozogʻistonning muxtoriyatini tuzish masalasi koʻrildi. 1917-yil 21–26-iyul kunlari Orenburgda Butunqozoq vakillari qurultoyi boʻlib, unda Oqmoʻla, Semey, Toʻrgʻay, Oʻrol, Yet-tisuv, Sirdaryo, Fargʻona viloyatlari, shuningdek Ichki Bukey oʻrdasi vakillari ishtirok etishdi. Qurultoyda mamla-katni boshqaruv shakli, qozoq viloyatlari muxtoriyati, yer masalasi, xalq militsiyasi, zemstvo, xalq ta’limi, qozilik, diniy masalalar koʻrildi. Qozoq demokra-tii hokimiyatini tuzish, islohotlar, xalqning oʻzini-oʻzi boshqaruvi uchun zaruriy muzoqaralar uyushtirish masa-lalari muhokama qilindi. Qurultoyda qozoqlarning Alash partiyasini tu-zish masalasi koʻrildi. Alash partiyasi joylarda mahalliy xalq hokimiyatini oʻrnatishga kirishdi. 1917-yil 19-dekabrda Yettisuvda hokimiyat mahalliy xalq va-killari qoʻliga oʻtdi. 1917-yilning 5–13-dekabr kunlari Orenburgda Alash partiyasining navbatdagi uchinchi qurultoyi boʻlib oʻtadi. Qurultoy 13 dekda poytax-ti Semipalatinsk sh. boʻlgan A. Oʻ. muxto-riyatini e’lon qiladi. Alixon Bukeyxon oʻgʻli hukumat boshligʻi etib saylanadi. Tez orada bu hukumat 27 ming nafarlik milliy qoʻshin va tartibni saqlash boʻlinmalarini tashkil etdi. Qurultoyda Alash partiyasining dasturi loyihasi qabul qilinib, umumxalq muhokamasi uchun "Qozoq" gaz.da e’lon qilinadi. Oʻn boʻlimdan iborat bu hujjatda partiyaning mamlakat boʻyicha tuzilishi, mudo-faa, din, ilm-fan yoʻlidagi faoliyati, agrar masala boʻyicha vazifalar belgilandi. 1918-yil martida Oʻrol viloyatida oʻtkazilgan saylovlarda mustaqillik kuchlari gʻolib chiqdi. Ammo, 29-martga oʻtar kechasi teskari kuchlar va bolshe-viklar harbiy toʻntarish oʻtkazdilar. Oʻrol viloyati ijroqoʻmining 60 nafar 297vakili qamaldi va azoblab oʻldirildi. Yettisuv viloyatida 1918-yilning 2–3-martida bolsheviklar Alash partiyasi vakillarini qamoqqa oldilar. Oren-burgda Toʻrgʻay viloyati Shoʻrolarining 1-qurultoyi (1918-yil 21-mart – 3-aprel)da ham bolsheviklar gʻolib chiqdi. Shy kunlari Oqmoʻla uyezdi qozoq vakillari Shoʻrolari qurultoyida bolsheviklar tazyiqi bilan A. Oʻ. muxtoriyatiga qarshi qaror qabul qilindi. A. Oʻ. partiyasining Orenburgda chiqib turgan "Qozoq" gaz. yopildi. Uning egallab turgan binosi va mulki musodara qilindi. A. Oʻ. siyosiy partiyasi tashkilotchilaridan Alixon Bukeyxon (1869–1937) va Mirjaqib Davlat oʻgʻli (1885–1935) kabilar quvgʻin qilinib, ta’qib ostiga olindi. Oqgvardiyachilar deb atalgan Sibir hukumatini rasmiy tarzda tan olgan A. Oʻ. hukumati ataman Dutov bilan til birik-tirib Shoʻro hukumatiga qarshi chiqdi. Dutov tor-mor keltirilgach, Umumqozoq Revkomi qarori bilan A. Oʻ. 1920-yilning martida tugatildi.Naim Norqulov.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil