Kaparas

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kaparas
shahar
viloyat Xorazm viloyati
Tuman Kaparas
Vaqt mintaqasi UTC+5

Kaparas – Koʻhna Xorazm viloyatining Kaparas nomli eski shaharchasi boʻlib, hozirda undan qoldiqlar saqlanib qolgan. Kaparas (shuningdek: Kapraz-qal’a; turkmancha: Kapyras) – Turkmanistondagi shahar (qal’a), uning xarobalari Lebap viloyati hududida ham joylashgan. Qadimda Xorazmning bir qismi boʻlgan va ushbu qal’adan koʻplab qadimiy yodgorliklar arxeologlar tomonidan tolilgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kaparas qal’asi Tuyamuyun darasining janubi-sharqida, kichik chuqurlikning oxirida joylashgan boʻlib, u 10-13-asrlarda mavjud boʻlgan qadimiy kanal qoldigʻi boʻlishi sifatida olimlar tomonidan talqin qilinadi. Kaparasda eng qadimgi mustahkamlangan turar-joy namunalari topilgan va ushbu topilmalar miloddan avvalgi 4—2-asrlarga borib tarqaladi. Bizgacha saqlanib qolgan xarobalar kushonlar davriga oid boʻlib, qalʼa qayta qurilib, taʼmirlangan. Qal’ada ilk oʻrta asrlar va undan keyingi davrlarda yashagan shohlarning kundalik turmushda foydalangan kichik buyum qoldiqlari topilgan[1].

Kaparas Xorazmning Jigarband va Hazorasp kabi qadimiy shaharlari bilan bir qatorda Xorazmni qadimgi Baqtriya va Marv vohasi bilan bogʻlaydigan qadimiy yoʻlda joylashgan qadimiy qal’alar tizimiga kiradi.

Taʼrifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kaparas qalʼasining uzunligi shimoldan janubga choʻzilgan toʻrtburchak shaklda boʻlib, umumiy qalinligi 7,5 m boʻlgan qoʻsh devorlardan hosil boʻlgan va shuningdek ushbu devor orasi yoʻlaklar bilan oʻralgan. Qal’a yon tomonlari bilan deyarli asosiy nuqtalar boʻylab yoʻnaltirilgan boʻlib, devor boʻylab va burchaklarida 10 ta minora boʻlgan. Qal’a shimoliy tomonining oʻrta qismida darvozalar va ularni himoya qiluvchi toʻsiqlar bor edi[2].

Tadqiqotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

1973-1975-yillarda M. G. Vorobyova boshchiligidagi Xorazm arxeologik-etnografik ekspeditsiyasining Kaparas otryadi tomonidan Kaporasning arxeologik qazilmalari olib borilgan[1].

Shuningdek ushbu yodgorliklar Kaparas bilan bir xil yoshdadir[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 М.А.Итина. Древности Южного Хорезма. Москва: Наука, 1991. ISBN 978-5-02-009919-7. 
  2. „Гулямов Я.Г. История орошения Хорезма с древнейших времен до наших дней“ (ru). Библиотека исторической литературы. 2022-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-fevral.