Oq-Qal’a

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oq-Qalʼa (turkm. Ak gala; shuningdek yana Adak, Yangishahar degan nomlari mavjud[1]) – Turkmanistonning oʻrta asrlardagi shahalaridan (qal’asi) biri, Amudaryoning Sariqamish deltasidagi Toshhovuz viloyati hududida joylashgan qadimiy shahar xarobalaridan biri hisoblanadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Amudaryoning eski oʻzani Daryoliq 13-asrda Amudaryodagi toʻgʻonni vayron qilgan moʻgʻul bosqinchilarining Xorazmga olib kelgan vayronagarchiliklari natijasida vujudga kelgan. Daryoning sharqirab oqayotgan suvlari dastlab Xorazm poytaxti Gurganj shahrini, soʻngra qadimda Amudaryoning Kaspiy dengiziga olib boradigan Sariqamish deltasi va Oʻzboy oʻzanlarini toʻldirgan. Bu toshqindan turkman qabilalari muvaffaqiyatli foydalanib, 14-asr oxiriga kelib bu yerlarda ulkan sugʻorish tarmogʻini yaratganlar[2][3]. Tarixchilarning fikriga koʻra, aynan oʻsha paytda Daryoliq oʻzanlaridan biri[4] boʻyida Oq-Qalʼa shahri qurilgan boʻlib, uning hududida turkman qabilalar istiqomat qilgan[1].

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oq-Qal’aning qal’a devorlari gil gʻishtdan qurilgan boʻlib, balandligi 6 metrga koʻtarilgan, poydevor qalinligi esa ikki metrdan oshiqroq bo‘lgan. Devorlar boʻylab tashqi tomondan teshiklari boʻlgan kamon otishga moʻljallanga joylari mavjud va minoralarda ikki qavatli kamon otish uchun qoʻshimcha joylar va ikki qator zaxira kamonchilari uchun qoʻshimcha joylar mavjud, butun qal’a keng xandaq bilan oʻralgan. Qal’a devorlaridan butun qal’a boʻylab kengligi 8 metr boʻlgan toʻgʻridan-toʻgʻri asosiy koʻchaga yoʻnalgan yoʻlaklar mavjud va bu yoʻlaklarning oxiri hovuzlarning yashirincha kirish joyiga olib chiqgan. Shuningdek, qal’a hududida loydan qurilgan turar-joy binolarini tashkil etuvchi koʻndalang koʻchalar boʻlgan, ularning koʻpchiligining poydevori tosh plitalardan qurilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „С. Атаныязов. Словарь туркменских этнонимов. — Ylym, 1988. — 188 с.“.
  2. „Хемра Юсупов. Приузбойские туркменские племена XIV-XV вв. / Е. Атагаррыев, Б. И. Вайнберг. — Ашхабад, Туркменистан: Ылым, 1975. — 120 с.“.
  3. „М. Б. Дурдыев. Туркмены Центральной Азии. — Ашхабад: Юрт, 1993. — С. 9. — 52 с.“.
  4. „Белая крепость. Интернет альманах Turkmen.ru. Дата обращения: 25 января 2022.“.