Kontent qismiga oʻtish

Kandalaksha qoʻltigʻi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kandalaksha qoʻltigʻi - Oq dengizning shimoli-gʻarbidagi qoʻltiq. Kandalaksha va Kareliya sohillari oraligʻida. Uz. 185 km, eni 67 km gacha. Chuqurligi gʻarbiy qismida 40 m, sharqida 350 m gacha. Orol koʻp. Qirgʻoqlari qoyali. K. q.ga Niva, Kovda daryolari quyiladi. Suvining temperaturasi yuzasidan yozda 18,5° gacha, qishda —1 dan 1,5° gacha. Shoʻrligi 8%s chamasida. Noyabr oʻrtalaridan may oyigacha muz bilan qoplanadi. Har yarim sutkada dengiz suvi 2,2 m gacha koʻtariladi. Seld, treska, nerpa ovlanadi. Portlari: Kandalaksha, Kovda, Unba. K. q.ning orollari va sohilida Kandalaksha qoʻriqxonasi joylashgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil