Nerpalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Nerpalar (Pusa) — tyulensimonlar oilasi urugʻi. Baʼzan oddiy tyulenlar oilasiga kiritiladi. Gavdasining uz. 1,5 m gacha, vazni 100 kg gacha. 3 ta turi bor. Halqali N. Atlantika va Tinch okeanining moʻʼtadil va sovuq suvlarida hamda Shim. Muz okeanida tarqalgan. Baliqlar va qisqichbaqasimonlar bilan oziklanadi. Muz ustida bolalaydi. Baʼzan katta toʻda hosil qiladi. Cheklangan miqdorda ovlanadi. Kaspiy N.si, yaʼni Kaspiy tyuleni kaspiy dengizida, baykal N.si Baykal koʻlida yashaydi. Kaspiy va Baykal N.ining soni kamayib ketganligi tufayli ularni ovlash cheklangan. Finlyandiyaning Sayma koʻlida uchraydigan sayma narpasi Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi Qizil kitobiga kiritilgan. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil