Kanadadagi oʻrmon yongʻinlari (2023)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
2023-yil Kanada oʻrmon yongʻinlari
Joylashuv Kanada (13 provinsiya va hududlarning barchasi)[1]
Statistika
Jami yongʻinlar 6,053[2] (2023-yil 30-avgust holatida)
Umumiy maydon 15.240×10^6 ga ([convert: unknown unit])[2] (2023-yil 30-avgust holatida)
Sana(lar) 2023-yil 1-mart — hozirgacha
Qurbonlar 6
Koʻchirilganlar 155,856 nafar odam[3] (as of July 7, 2023)
Xarita
Map
2023-yilgi Kanada oʻrmon yongʻinlarining perimatrlari - mavsumning hozirgi kunigacha (xarita maʼlumoti)

Kanadadagi oʻrmon yongʻinlariKanadada 2023-yilning mart oyidan boshlanib, iyun oyidan kuchaygan hamda davom etayotgan rekord darajadagi oʻrmon yongʻinlari seriyasi. Yongʻinlardan barcha 13 provinsiya va hududlar zarar koʻrdi. Eng katta yongʻinlar Alberta, Britaniya Kolumbiyasi, Shimoli-Gʻarbiy hududlar, Yangi Shotlandiya, Ontario va Kvebekda kuzatildi. 2023-yilgi oʻrmon yongʻinlari mavsumida Kanada tarixida qayd etilgan yonib ketgan hudud maydoni 1989, 1995 va 2014-yillardagi yongʻin mavsumlaridan[4][2], shuningdek, Shimoliy Amerika tarixida qayd etilgan Gʻarbiy AQSh oʻrmon yongʻinlari mavsumidan ham oshib ketdi[5][6].

30-avgust holatiga koʻra, 6 053 ta yongʻin oʻchogʻi 152,398 square kilometre (58,841 mi²; 37,658,000 acre) maydonni qamrab oldi[2]. Bu Kanadada mavjud butun oʻrmon maydonining taxminan toʻrt foizini[7], yaʼni 2.62 million ha (6.5 million acre) maydonga teng boʻlib, yilning shu davri uchun koʻp yillik oʻrtacha koʻrsatkichdan besh baravar koʻproqni tashkil qiladi[1]. 30-avgust kuni 1064 ta oʻrmon yongʻinlari faol boʻlib, ulardan 699 tasi „nazoratdan tashqarida“ deb topilgan[8]. Xalqaro yordam yongʻin ta’sirini kamaytirishga yordam berdi[9][10].

Oʻrmon yongʻinlari tutuni Kanada va Qoʻshma Shtatlarda havo sifati borasida ogohlantirish va evakuatsiyalarga sabab boʻldi[11]. Tutun iyun oyining oxirida Atlantika okeanini kesib oʻtib, Yevropaga ham yetib keldi[12][13].

Kelib chiqishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kanadada oʻrmon yongʻinlari davr oʻtishi bilan oʻzgarib bormoqda. Umuman olganda, 1970—1980-yillardan buyon oʻrmon yongʻinlarining umumiy yillik soni kamaygan boʻlsa-da, yonib ketgan maydon hajmi koʻpaydi[14]. 1959-yildan beri 200 ha (490 acre)dan ortiq maydonni qamrab oladigan yirik yongʻinlar soni koʻpayib, oʻrtacha yongʻin mavsumi taxminan ikki haftaga choʻzildi[15]. Kanadada yongʻin mavsumi odatda may oyida boshlanadi[16]. 2023-yildagi yongʻinlar 2016-yildagi Fort-Makmurrey[17][18] va 2021-yilgi Litton yongʻinlari[19] bilan taqqoslanadi.

Iqlim oʻzgarishi sharoitida ob-havoning issiqroq va quruqroq boʻlib borishi oʻrmon yongʻinlari xavfini oshirmoqda. Chunki bunaqa sharoitda oʻsimliklar koʻproq alangalanadi[14][20][21][19]. 18-may haftasida esgan sovuq shamol yongʻin xavfini kuchaytirdi[19]. Kanada jamoat xavfsizligi vaziri Bill Blair: „Mavsum boshidagi bu sharoitlar misli koʻrilmagan. Iqlim oʻzgarishi sababli shunga oʻxshash ekstremal ob-havo hodisalari mamlakat boʻylab ham tez-tez, ham agressiv darajada ortib borishi mumkin“ dedi[22]. Kvebekdagi yongʻinlar ortidan World Weather Attribution oʻtkazgan tahlil shuni koʻrsatdiki, Kvebekda iqlim oʻzgarishi sababli yongʻinlar ikki barobar va 20%ga kuchaygan[23]. 2023-yilgi Shimoliy Amerika gʻarbidagi issiqlik toʻlqini Albertada oʻrmon yongʻinlarini yanada kuchaytirdi[24][25].

Oʻrmonlarni boshqarish ham oʻrmon yongʻinlari uchun omildir. Kanada oʻrmon xoʻjaligi asosan yongʻinni oʻchirishga eʼtibor qaratgani sababli, oʻrmonlarning ostida quruq oʻsimliklar koʻplab toʻplangan[26]. Kanada odatda nazorat ostida kuydirish orqali kattaroq va xavfliroq yongʻinlar xavfini kamaytirishga erishadi[27][28]. Nazorat ostida kuydirish uchun ruxsat olish qiyin jarayon. Ayniqsa tarixan bu ishni amalga oshirgan va oʻrmon yongʻinlaridan nomutanosib zarar koʻrgan mahalliy guruhlar uchun[29][30]. Kanadada milliy yongʻin oʻchirish xizmati yoʻq. Mahalliy resurslar esa byudjet qisqarishi tufayli anchagina zaiflashgan[30].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named SitArchive
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 „Fire Statistics“. Canadian Interagency Forest Fire Centre. 2023-yil 30-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-avgust.
  3. „Wildfires in Canada have broken records for area burned, evacuations and cost, official says“. abcnews.go.com. The Associated Press (2023-yil 7-iyul). 2023-yil 8-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-iyul.
  4. „Forest fire centre declares 2023 worst year ever for Canadian wildfires“. The Globe and Mail (2023-yil 26-iyun). 2023-yil 27-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-iyun.
  5. Dion, Mathieu. „Hundreds of Fires Are Out of Control in Canada's Worst-Ever Season“. Bloomberg News (2023-yil 7-iyun). 2023-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-iyun.
  6. „The 7 largest wildfires in North American history“. PropertyCasualty360. 2020-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-iyun.
  7. „The State of Canada's Forests Report“. Government of Canada (2015-yil 11-iyun). 2023-yil 19-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-avgust.
  8. „Canadian Interagency Forest Fire Centre“. 2023-yil 30-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-avgust.
  9. Smellie, Sarah. „Nearly 350 firefighters from the EU will help battle relentless Canadian wildfires“. CTV News (2023-yil 12-iyun). 2023-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-iyun.
  10. „Canada will continue to rely on foreign firefighters as wildfires increase: Trudeau“. CTV News. The Canadian Press (2023-yil 14-iyun). 2023-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-iyun.
  11. „A big swath of the U.S. is under red and purple air quality alerts from Canada's smoke“. npr.org (2023-yil 29-iyun). 2023-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
  12. „Europe experiences significant transport of smoke from Canada wildfires“. atmosphere.copernicus.eu (2023-yil 27-iyun). 2023-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-iyul.
  13. „Canadian Smoke Reaches Europe“. NASA (2023-yil 26-iyun). 2023-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-iyul.
  14. 14,0 14,1 Shingler, Benjamin; Bruce, Graeme. „How wildfires are changing in Canada“. CBC News. 2023-yil 4-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-iyun.
  15. Hanes, Chelene C.; Wang, Xianli; Jain, Piyush; Parisien, Marc-André; Little, John M.; Flannigan, Mike D. (November 16, 2018). "Fire-regime changes in Canada over the last half century". Canadian Journal of Forest Research 49 (3): 256–269. doi:10.1139/cjfr-2018-0293. ISSN 0045-5067. https://cdnsciencepub.com/doi/10.1139/cjfr-2018-0293. Qaraldi: June 18, 2023. Kanadadagi oʻrmon yongʻinlari (2023)]]
  16. „Wildfires Rage in Western Canada“. National Environmental Satellite, Data, and Information Service (2023-yil 11-may). 2023-yil 31-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 9-iyun.
  17. Bilefsky, Dan. „A 'Canadian Armageddon' Sets Parts of Western Canada on Fire“. The New York Times (2023-yil 20-may). 2023-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 9-iyun.
  18. Chilukuri, Siri. „Wildfires have burned nearly 1 million acres in western Canada“. Grist (2023-yil 20-may). 2023-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 9-iyun.
  19. 19,0 19,1 19,2 Leonard, Diana. „Experts see climate change fingerprint in worsening heat waves and fires“ (2023-yil 18-may). Qaraldi: 2023-yil 8-iyun.
  20. „How did the Canadian wildfires start? A look at what's driving the fires that covered the East Coast in smoke“. CBS News (2023-yil 8-iyun). 2023-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 9-iyun.
  21. „Alberta, Canada, wildfires show no sign of slowing, experts say -GB“. BBC News (2023-yil 19-may). 2023-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 9-iyun.
  22. „Canada facing 'deeply concerning' wildfire season: Official“. Al Jazeera. 2023-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 9-iyun.
  23. Shingler, Benjamin „Climate change made weather conditions that powered Quebec fires twice as likely, scientists say“. CBC News (2023-yil 22-avgust). 2023-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 23-avgust.
  24. Prociv, Kathryn „Pacific Northwest heat wave continues after historic weekend“ (en). NBC News (2023-yil 15-may). 2023-yil 21-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-may.
  25. Canon, Gabrielle. „Punishing heatwave grips Pacific north-west as wildfires rage in western Canada“ (en-GB). The Guardian (2023-yil 15-may). 2023-yil 21-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-may.
  26. „What to know about the Canadian wildfires causing poor air quality in the U.S.“ (2023-yil 7-iyun). 2023-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-iyun.
  27. Kaminski, Isabella „Did climate change cause Canada's wildfires?“. BBC Future (2023-yil 12-iyun). 2023-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-iyun.
  28. „Prescribed Fire“. United States Forest Service (2016-yil 6-dekabr). 2023-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-iyun.
  29. Hoffman, Kira M.; Christianson, Amy Cardinal; Dickson-Hoyle, Sarah; Copes-Gerbitz, Kelsey; Nikolakis, William; Diabo, David A.; McLeod, Robin; Michell, Herman J. et al. (January 2022). "The right to burn: barriers and opportunities for Indigenous-led fire stewardship in Canada". FACETS 7 (1): 464–481. doi:10.1139/facets-2021-0062. 
  30. 30,0 30,1 Isai, Vjosa; Austen, Ian. „Canada's Ability to Prevent Forest Fires Lags Behind the Need“. The New York Times (2023-yil 9-iyun). 2023-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 14-iyun.