Kırmızı Saçlı Kadın

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Kırmızı Saçlı Kadın
Kırmızı Saçlı Kadın Kapak.jpg
Muallif Orhan Pamuk
Janr Roman
Mamlakat Turkiya
Til turkcha
Nashriyot Yapı Kredi Yayınları
Nashr etilgan sanasi 2016-yil
Sahifalar soni 204
ISBN ISBN 9750835605

Kırmızı Saçlı Kadın — Adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti soxibi Orhan Pamuk qalamiga mansub boʻlgan bir roman. Ushbu roman 2016-yil Yapı Kredi Yayınları nashriyotida chop etilgan. Ushbu kitob muallifning oʻninchi romani hisoblanadi. Orhan Pamuk yillar afsonalarini va dolzarb muammolarni birlashtirib, tarixiy voqealarni tasvirlash orqali ularga sevgi, rashk va ota-oʻgʻil munosabatlari haqida soʻzlab beradi. Kitobda davr hayoti haqida tasavvurga ega boʻlish mumkin.

Kitobning mazmuni[tahrir]

Cem 1980-yilda Istanbulda onasi bilan yashaydigan bir litsey oʻquvchisi. Cem onasi bilan samimiyroq va otasidan biroz uzoqroq. Cemning otasi farmatsevt va Cem har kuni otasiga tushlik olib boradi. Bir kuni Cemning onasi Cemga otasi boshqa kelmasligini aytadi va Cem bundan norozi boʻlib, moddiy qiyinchiliklarga duch kelmaslik va universitetdagi orzulari uchun zarur deb bilgan sinfga borishi uchun ish izlay boshlaydi. Cem avval kitob doʻkonida ish boshladi, soʻng tavsiyanomaga koʻra sogʻlomlashtirish biznesida ish boshlaydi. Roman Cemning hayoti haqida hikoya qiladi.

Manbalar[tahrir]