Cevdet Bey ve Oğulları

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Cevdet Bey ve Oğulları
Cevdet Bey ve Oğulları kapak.jpg
Muallif Orhan Pamuk
Janr Roman
Mamlakat Turkiya
Til turkcha
Nashriyot İletişim Yayınları
Nashr etilgan sanasi 1982-yil
ISBN ISBN 975-470-455-4

Cevdet Bey ve OğullarıOrhan Pamuk qalamiga mansub boʻlgan bir roman hisoblanadi. Ushbu roman 1982-yilda İletişim Yayınları nashriyotida chop etilgan. Dastlab yozuvchi romanini Karanlık ve Işık nomi bilan yozgan va 1979-yilda Milliy Roman mukofotini olgan[1].

Garchi u mukofotga sazovor boʻlsa-da, roman faqat 1982-yilda Cevdet Bey ve Oğulları nomi bilan nashr etildi. Ushbu kitob nashr etilgandan keyin, muallifga 1983-yilda Orhan Kemal Roman mukofotini olib keltirgan va roman adabiyot dunyosida tanila boshlangan.

Kitobning mazmuni[tahrir]

Ushbu roman Nişantaşılı oilaning uch avlodi haqida hikoya qiladi. Shu bilan birga, anʼanaviy romanning zavq-shavqlari diqqat va muhabbat bilan bayon etilgan ushbu panoramali roman, uyning ichki ranglarini, vaqt oqimini, kundalik oddiy suhbatlar va unutilmas qahramonlari bilan birga, Orhan Pamukga munosib obroʻ keltirgan yetuk birinchi kitobdir. Ikkinchi qismda 30 yil oʻtgach koʻrsatiladi. Endi Abdulhamid va konstitutsiyaviy kurash orqada qolib, respublika eʼlon qilindi. Cevdet Bey oʻz ishini rivojlantirdi va Nişantaşıda qasr sotib oladi.

Roman Turkiyaning zamonaviylashuvi jarayoni burjua oilasidan kelib chiqqanligini tasvirlaydi. Cevdet Bey va uning oilasi, Ömer, Muhittin, Muhtor Beylar har doim turk zamoniaviylashuvining turli xil belgilaridir. Oʻziga oʻxshamaydigan Yevropa bilan muomala ularni turli xil kengilsizliklar bilan boshqa yellarga tashlaydi.

Manbalar[tahrir]

  1. „54 Maddede Orhan Pamuk, dipnot.tv“. [sayt ishlamaydi]