Sessiz Ev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Sessiz Ev
Sessiz ev.jpg
Muallif Orhan Pamuk
Janr Roman
Mamlakat Turkiya
Til turkcha
Nashriyot 1. Basım: Can
Nashr etilgan sanasi 1983-yil
ISBN ISBN 975-510-215-9

Sessiz EvOrhan Pamuk qalamiga mansub boʻlgan bir roman boʻlib, Cevdet Bey ve Oğulları romanidan keyingi ikkinchi romanidir. Ushbu roman 1983-yilda 1. Basım: Can nashriyotida chop etilgan. Romanda uch aka-uka Istanbulga yaqin boʻlgan Cennetisar shahrida buvisining oldiga borgan bir hafta haqida hikoya qilinadi.

Umumiy[tahrir]

Sessiz Ev romani 32 boʻlimdan iborat. Har bir boʻlim personaj nuqtai nazaridan, birinchi shaxsda aytiladi. Roman beshta hikoyachi tomonidan aytiladi va ular quyidagilar: Recep, Büyükhanım, Hasan, Faruk va Metin.

Hikoyachi Boʻlim
Recep 1, 6, 13, 19, 27, 30
Büyükhanım 2, 7, 11, 16, 23, 29, 32
Hasan 3, 8, 12, 17, 20, 22, 26 , 31
Faruk 4, 9, 14, 18, 24, 28
Metin 5, 10, 15, 21, 25

Joy va vaqt[tahrir]

Joy: Cennethisar.

Vaqti: 1980-yil iyun oyi. Sessiz Ev 1980-yil 12-sentabrdagi harbiy toʻntarishdan bir oy oldin sodir boʻlgan voqealar haqida. Shuning uchun roman katta siyosiy izlarni qoldiradi.

Qahramonlar[tahrir]

Hikoyachilar[tahrir]

Rece[tahrir]

Recep Karataş. Uning ukasi Ismoil singari u ham onasining shifokor Selahattin bilan benikoh munosabatlaridan tugʻilgan. Ikki aka-uka „nogiron“dirlar: Recep mitti, Ismoil esa oqsoq. Recepning fikrlash tarzida deyarli sehrli deb atash mumkin boʻlgan narsa bor: Yunus paygʻambar, oshqozon va boshqalar haqida sirli yondashuvi.

Fatma[tahrir]

Fatma romanda Büyükhanım yoki buvi sifatida jonlantirilgan. Roman boshlanganda, uning eri Doktor Selahattinning vafot etganiga bir necha yil boʻlgan edi. Nilgun, Faruk va Metinning buvisi. Recep - eri Selahattinning benikoh tugʻilgan farzandi. „Toʻqson yoshda“ (18-bet).

Hasan[tahrir]

Piyaninochi Ismoilning oʻgʻli. Oʻn sakkiz yoshda. Voqealarni aytib berish uslubidan uning maktab bilan bogʻliq muammolari borligi tushuniladi. U otasining maktab haqidagi umidlariga javob berolmaydi va idealistik harakatga qoʻshilishi orqali shaxsiyat muammosini hal qilishga harakat qiladi.

Faruk[tahrir]

Tarixchi, universitet professori, dotsent. U turmushga qurgan, ammo bolalari yoʻq edi. Ajrashgan rafiqasi Selma boshqa birovga turmushga chiqqan.

Metin[tahrir]

Sessiz Evning tarjimalari[tahrir]

  • Fransuzcha
La maison du silence, tarjimon. Münevver Andaç (Parij: Gallimard, 1988).
  • Niderlandcha
Het huis van de stilte (1983).
  • Ispancha
La casa del silencio (Metáfora Ediciones, 2001).
  • Shvedcha
Det tysta huset, tarjimon.: Dilek Gür (Stokgolm : Norstedt, 1998).
  • Italyancha
La casa del silenzio, tarjimon. Francesco Bruno (Milan: Frassinelli).
  • Ruscha
Тихий дом (Tihij dom) (1983).
  • Yunoncha
Το σπίτι της σιωπής, tarjimon. Panayotis Arabacis (Afina: Pataki, 1994).

Manbalar[tahrir]