Kara Kitap

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Kara Kitap
KaraKitap10.yil.jpg
Muallif Orhan Pamuk
Janr Roman
Mamlakat Turkiya
Til turkcha
Nashriyot Can Yayınları / İletişim Yayınları / Yapı Kredi Yayınları
Nashr etilgan sanasi 1990-yil
ISBN ISBN 975-470-453-8

Kara Kitap — Adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti soxibi Orhan Pamuk qalamiga mansub boʻlgan bir roman. Ushbu roman 1990-yilda chop etilgan. Pamukning ushbu romani dunyo boʻylab keng tarqalgan boʻlib, koʻplab tillarga tarjima qilingan va Pamukning obroʻsini adabiyot dunyosida yanada yuksakka koʻtargan. Ushbu kitobdan bir necha yil oʻtgach, Nüket Esen „Kara Kitap Üzerine Yazılar“ nomli tanqidiy asarini nashr etgan. Ushbu asar taniqli tanqidchilarning Qora kitob haqidagi qarashlarini ham oʻz ichiga oladi. „Kara Kitap Üzerine Yazılar“da ingliz tanqidchisi bunday zerikarli kitobni faqat fransuzlar sevishi va oʻqishi mumkinligi va shvedlar oʻzlarining mashhur mukofotlarini berishlarini kinoya bilan yozganlar. Bu bashorat haqiqat boʻlib chiqdi. Kitob Fransiyada eng ommabop boʻlgan va Nobel hakamlar hayʼati mukofot eʼlon qilingandan soʻng, ushbu kitobdan taʼsirlanganini taʼkidlagan[1].

Manbalar[tahrir]