Oʻrozboy Jumaniyozov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Jumaniyozov O'rozboydan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Oʻrozboy Jumaniyozov (1924, Qoraqalpogʻiston, Beruniy tumani — 1943.12.12, bedarak yoʻqolgan) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. 1942 yildan frontda. 985-oʻqchi polki (Markaziy front 60-armiyaning 226-oʻqchi diviziyasi) avtomatchisi. Jumaniyozov 1943 yil 26 sentabrda Kiyev viloyatining Vishgorod tumanidagi Tolokunskaya Rudnya qishlogʻi rayonida birinchilardan boʻlib Dnepr daryosini kechib oʻtib, jangda jasorat koʻrsatgan. 1943 yil 17 oktabrda Qahramon unvoniga sazovor boʻlgan. 1943 yil 12 dekabrdagi jangda bedarak yoʻqolgan. Beruniy shahri markaziy koʻchalaridan biri, Jumaniyozovning oʻzi oʻqigan 48-oʻrta maktab uning nomiga qoʻyilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil