Juman Qoraqulov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Juman Qoraqulov (1921, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toʻrtkoʻl tumani — 1944.18.10. Chexoslovakiya, Zvala shahrichasi) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. 1942 yildan frontda. 327-gvardiyachi togʻ oʻqchi polki (4-Ukraina fronti 1-gvardiyachi armiyaning 128-gvardiyachi togʻ oʻqchi diviziyasi)ning gvardiyachi oddiy askari. Zvala shahrichasini ozod etishda koʻrsatgan jasorati uchun Qahramon unvoni berilgan (1945.24.3, vafotidan soʻng). Qoraqalpogʻiston Respublikasining Chimboy shahridagi koʻcha va maktabga uning nomi berilgan.