Juan Manuel Torres

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Juan Manuel Torres
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Juan Manuel Torres
Tavallud sanasi 20-iyun 1985-yil (1985-06-20) (38 yosh)
Tavallud joyi Puerto Vilelas, Argentina
Boʻyi 1.71 m
Ampluasi Yarimhimoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2002—2006 Racing Club 104 (0)
2007—2011 San Lorenzo 101 (2)
2011—2014 Metalist Kharkiv 46 (1)
2015 Atletico Defensores de Vilelas
2016 Chaco For Ever 5 (0)
2016 Chacarita Juniors 0 (0)
2017 Aktobe 6 (0)
Milliy terma jamoa
2005 Argentina U20 14 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(15-iyun 2017-yil uchun)

Xuan Manuel Torres (talaffuzi: Xuan Manuel Torres) Chako Torres nomi bilan tanilgan (1985-yil 20-iyun, Puerto-Vilelas, Chako) — nafaqadagi argentinalik yarim himoyachi. Xalqaro maydonda Argentina terma jamoasi sharafini himoya qilgan.

Ilk faoliyat yillari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Argentinaning „Racing Club“ va „ San Lorenso de Almagro“ (Buenos-Ayres) klublarining sobiq futbolchisi. Torres 2002-yilda 17 yoshida professional debyutini oʻtkazgan va Argentina klublari tarkibida 100 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan.

Torres Argentina U-20 terma jamoasi tarkibida Lionel Messi, Serxio Aguero va Pablo Zabaleta kabi 2005-yilgi yoshlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida gʻolib chiqqan terma jamoa tarkibida maydonga tushgan.

2005-yil yozida Kievning „Dinamo“ klubi rahbariyati yosh va istiqbolli hisoblangan FIFA yoshlar oʻrtasidagi jahon chempioni Xuan Manuel Torresni sotib olishga harakat qilgan. Biroq, Racing klubi rahbariyati asosiy oʻyinchilaridan birini qoʻyib yuborishni unchalik ham xohlamagan, garchi Torres ketish istagini bildirayotgan boʻlsada klub bunga qarshi boʻlgan. Bunga asosiy sabab qilib tomonlarning pul masalasida kelisha olmaganligi koʻrsatilgan[1].

Ukarina[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011-yilning 24-iyunida u Xarkovning Metalist klubi bilan erkin agent sifatida uch yillik shartnoma imzolagan. Ikki marta Chako yangi klubga, erkin transferga (erkin agent sifatida) oʻtgan. U oʻz xizmatlarini Xarkovning "Metalist " klubiga taklif qilgan, oʻsha paytda uning Racing bilan shartnoma muddati tugagan edi.

2017-yilning yanvarida Torres Qozogʻiston Premyer-ligasi vakili „Aktobe“ bilan shartnoma imzolagan[2]. 2017-yil 15-iyunda oʻzaro kelishuvga koʻra klubni tark etgan[3].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga Mamlakat kubogi Liga kubogi Qitʼa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Metalist Xarkov 2011—2012 Ukraina Premyer-ligasi 18 0 2 0 - 11 0 - 31 0
2012—2013 17 1 1 0 - 10 1 - 28 2
2013—2014 2 0 0 0 - 1 0 - 3 0
2014—2015 9 0 2 0 - 3 0 - 14 0
Jami 46 1 5 0 - - 25 1 - - 76 2
Aqtoʻbe 2017-yil Qozogʻiston Premyer-ligasi 6 0 1 0 - - - 7 0
Karyerada jami 52 1 6 0 - - 25 1 - - 83 2

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mamlakat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Argentina U-20

  • FIFA yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati gʻolibi (1): 2005-yil

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Torresning ikki farzandi bor. Ular birinchi rafiqasi Aylin Lobatodan qizi va aktrisa Katalina Artusidan oʻgʻli. 2012-yil sentyabr oyida argentinalik model Ivanna Palliotti Buenos- Ayresni tark etgan va oʻzining sevgilisi, „Metalist Xarkov“ futbolchisi Chako Torres uchun Xarkovga koʻchib oʻtgan.

Chako — unga qoʻyilgan taxallus, chunki u Argentinaning Chako provinsiyasida tugʻilgan[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Racing“ has rejected the offer of „Dynamo“ (ruscha)
  2. „http://www.sports.kz/news/aktobe-podpisal-torresa“ (ruscha). sports.kz. Sports KZ (20-yanvar 2017-yil). Qaraldi: 20-yanvar 2017-yil.
  3. „http://www.fc-aktobe.kz/index.php/ru/novosti-2/1823-chako-torres-i-fk-aktobe-rastorgli-trudovoj-dogovor“ (ruscha). fc-aktobe.kz. FC Aktobe (15-iyun 2017-yil). 2020-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-iyun 2017-yil.
  4. Torres: „I want to make the game of Metalist much better and achieve great results“ (Wayback Machine saytida 2011-08-28 sanasida arxivlangan) (ruscha)