Jozo Matošić
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Jozo Matošić | ||
| Tavallud sanasi | 27-yanvar 1913-yil | ||
| Tavallud joyi | Split, Avstriya-Vengriya imperiyasi | ||
| Vafot sanasi |
1-mart 1999-yil (86 yoshda) | ||
| Vafot joyi | Dubrovnik, Xorvatiya | ||
| Ampluasi | o`ng qanot himoyachisi, darvozabon | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 1931–1946 | Hajduk Split | 187 | (26) |
| 1946–1947 | Kvarner Rijeka | 22 | (3) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 1934–1940 | Yugoslavia | 24 | (0) |
| Boshqargan klublari | |||
| 1946–1947 | Kvarner Rijeka | ||
| 1950 | RNK Split | ||
| 1952–1954 | Hajduk Split | ||
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Jozo Matošić (1913-yil 27-yanvar – 1999-yil 1-mart) – yugoslaviyalik futbol murabbiysi va oʻyinchisi. Matošić Ikkinchi jahon urushi davrida mashhur Hajduk Split klubining sardori boʻlgan. Shuningdek, Matošić Hajduk klubi tarixida eng koʻp gol urgan oʻyinchi Frane Matošićning akasi boʻlgan[1].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Matošić oʻz professional faoliyatini Hajduk Split klubida darvozabon sifatida boshlagan, biroq Luka Kaliterna uni oʻng qanot himoyachiga aylantirgan. Matošić kuchi va xarakteri bilan tanilgan edi. 1930-yillarda Matošić Yugoslaviya milliy futbol jamoasining doimiy aʼzosi boʻlgan. Shu davrda Matošić 1940—1941-yilgi Xorvatiya Oliy Ligasida ham gʻoliblikni qoʻlga kiritgan. 1941-yildan 1944-yilgacha Matošić Yugoslaviya partizanlari safida boʻlgan. 1944-yilda Vis orolida qayta tashkil etilgan Hajduk Split klubining sardori etib tayinlangan. 1944-yildan 1945-yilgacha Matošić Hajduk Split bilan ittifoqchilar ozod qilgan hududlarni kezib chiqqan. Urushdan keyin Matošić 1945 va 1946-yillarda ikkita SR Xorvatiya chempionatida gʻalaba qozongan. 1946-yil avgustda Matošić Kvarner klubiga (hozirgi HNK Rijeka klubi) oʻtgan va u yerda 1946—1947-yilgi mavsumida Yugoslaviya Oliy Ligasida futbolchi va murabbiy sifatida faoliyat yuritgan. Koʻp oʻtmay, Matošić oʻz futbolchilik faoliyatini yakunlagan.
Jozo Matošić 1950-yillarda dunyoning eng yaxshi darvozabonlaridan biri boʻlgan Vladimir Bearani kashf etganligi bilan tanilgan[2].
Hajduk Splitdagi faoliyati davomida Matošić 1952-yilda Yugoslaviya Birinchi ligasida gʻolib chiqgan[3]. Keyinchalik Matošić Dubrovnik shahriga koʻchib borib, u yerda NK GOŠK klubida faoliyat yuritdi. Uning sharafiga Dubrovnik shahridagi futbol akademiyasiga uning nomi berildi.
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Futbolchi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Hajduk Split
- Xorvatiya Banovina (1): 1940—1941
- Hajduk Split
- Xorvatiya Sotsialistik Respublikasi (2): 1945, 1946
Murabbiy
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Hajduk Split
- Yugoslaviyaning birinchi ligasi (1):1952
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Hajduk u sto i jednoj priči“. Qaraldi: 2016-yil 1-iyun.
- ↑ „Jozo Matošić mu je reka: Mali, ajde stani na branku!“ (2014-yil 12-avgust). Qaraldi: 2016-yil 1-iyun.
- ↑ „Svi Hajdukovi treneri“. Hajduk Split. Qaraldi: 2020-yil 24-may.