Jorge Meré Pérez

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Jorge Meré Pérez (ispancha: Jorge Meré Pérez; 1997 — yil 17-aprelda Ispaniyaning Ovyedo shahrida tugʻilgan) — ispaniyalik futbolchi, Amerika (Mexiko City) terma jamoasi himoyachi sifatida faoliyat olib boradi.

Jorge Meré Pérez Futbol
Umumiy maʼlumotlar
Toʻliq ism sharifi

Jorge Meré Pérez

Tugʻilgan

17-aprel 1997-yil (25 yosh)

Ovedo, Ispaniya

Fuqaroligi

Flag Ispanii Ispaniya

Boʻyi

188 cm

Vazni

78 kg

Pozitsiyasi

Himoyachi

Kub haqida maʼlumotlar
Klub

Flag Meksiki Amerika (Mexiko)

Raqib

22

Yoshlar klubi
2005—2010 Flag Ispanii Ovedo
2010—2014 Flag Ispanii Sporting (Xixon)
Jamoalardagi faoliyati
2015—2017 Flag Ispanii Sporting (Xixon) 61 (0)
2017—2022 Flag Germanii Kyoln 84 (2)
2022—h.k. Flag Meksiki Amerika (Mexiko) 10 (0)
Milliy terma jamoa
2013—2014 Flag Ispanii Ispaniya (U17) 10 (2)
2014 Flag Ispanii Ispaniya (U8) 2 (0)
2014—2015 Flag Ispanii Ispaniya (U19) 16 (0)
2015—h.k. Flag Ispanii Ispaniya (U21) 31 (3)
Logotip Vikisklada Wikimedia Commonsdagi media fayllar

Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mere oʻz shahrining „Ovyedo“ klubi bitiruvchisidir. 2010-yilda u „Sporting Xixon“ yoshlar jamoasiga oʻtdi. 2014-yilning 24- iyulida Mere oʻzining birinchi professional shartnomasini imzoladi, uning toʻlovi 25 million yevro. 2015-yilning yanvarida unga Angliyaning "Nyukasl United" jamoasi qiziqish bildirgan edi. 2015-yilning 11-aprelida „Saragosa“ga qarshi o‘yinda Xorxe Segunda dagi debyutini o‘tkazdi. Birinchi mavsumida u jamoaning ikkinchi oʻrinni egallashiga va elitaga chiqishiga yordam berdi[1]. Rayo Valyekanoga qarshi duelda Mere La Ligada debyut qilgan.

2017-yilning yozida Xorxe Germaniyaning „Kyoln“ klubiga oʻtib, besh yillik shartnoma imzoladi. Transfer summasi 7 million yevroni tashkil qildi[2]. 9-sentabr kuni u Bundesligadagi debyutini „Augsburg“ga qarshi o‘tkazdi[3]. 2018-yilning 2-fevralida Dortmundning „Borussiya“ klubiga qarshi kechgan duelda Xorxe „Kyoln“ safida ilk golini kiritdi[4]. Mavsum oxirida klub Ikkinchi Bundesligaga tushib ketdi, biroq Mere jamoada qoldi.

Amerikadagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 18-yanvarda Mere Meksika Ligasi MXning „Club América“ bilan kelishuvga erishdi. Avgust oyida u „Mazatlan“ futbol jamoasiga ijaraga berildi.

Xalqaro martabasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015-yilda Mere Ispaniya yoshlar terma jamoasi tarkibida Gretsiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida gʻolib chiqgan[5][6]. Turnirda u Gollandiya , Germaniya , Fransiya va ikki marta Rossiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etdi[7][8][9].

2017-yilda Ispaniya yoshlar terma jamoasi tarkibida Mere 2017-yilda Polshada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining kumush medali sovrindori boʻlgan[10][11]. Turnirda u Makedoniya , Portugaliya , Italiya va Germaniya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[12][13].

2019-yilda Mere Ispaniya yoshlar terma jamoasi tarkibida Italiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Evropa chempionatida gʻolib boʻlgan[14]. Turnirda u Italiya , Belgiya va Polsha jamoalariga qarshi oʻyinda ishtirok etgan[15][16].

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ispaniya (U19)
  • 1ChempionFutbol boʻyicha Yevropa chempionati (U19) — 2015-yil
Ispaniya (U21)
  • 1Chempion Futbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Yevropa chempionati — 2019-yil
  • 2Kumush medal sovrindori Futbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Yevropa chempionati — 2017-yil

Jamoalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nomi Mamlakat Yillari
Real Sporting de Gijón "B" Ispaniya 2013-2015
Real Sporting de Gijón Ispaniya 2015-2017
F. C. Colonia Germaniya 2017-2022
Club América Meksika 2022
Mazatlán F. C. Meksika 2022-h.v.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Сарагоса VS. Спортинг Хихон 1:1“ (en). soccerway.com (2015-yil 11-aprel). 2016-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 28-yanvar.
  2. „Защитник хихонского «Спортинга» Мере перешел в «Кёльн»“ (ru). sports.ru (2017—07—20). 2019-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 21-iyul.
  3. „Аугсбург VS. Кёльн 3:0“ (en). soccerway.com (2017-yil 9-sentyabr). 2018-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 21-dekabr.
  4. „Кёльн VS. Боруссия Дортмунд 2:3“ (en). soccerway.com (2018-yil 2-fevral). 2018-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 29-avgust.
  5. „Испания (до 19) VS. Нидерланды (до 19) 1:1“ (en). soccerway.com (2015—07—13). 2017-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 28-yanvar.
  6. „Испания (до 19) VS. Россия (до 19) 2:0“ (en). soccerway.com (2015—07—19). 2015-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 28-yanvar.
  7. „Германия (до 19) VS. Испания (до 19) 0:3“ (en). soccerway.com (2015—07—07). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 28-yanvar.
  8. „Испания (до 19) VS. Россия (до 19) 1:3“ (en). soccerway.com (2015—07—10). 2015-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 28-yanvar.
  9. „Франция (до 19) VS. Испания (до 19) 0:2“ (en). soccerway.com (2015—07—16). 2017-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 28-yanvar.
  10. „Испания (до 21) VS. Италия (до 21) 3:1“ (en). soccerway.com (2017—06—27). 2017-yil 8-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 21-iyul.
  11. „Португалия (до 21) VS. Испания (до 21) 1:3“ (en). soccerway.com (2017—06—20). 2017-yil 8-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 21-iyul.
  12. „Испания (до 21) VS. Македония (до 21) 5:0“ (en). soccerway.com (2017—06—17). 2017-yil 25-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 21-iyul.
  13. „Испания (до 21) VS. Германия (до 21) 1:0“ (en). soccerway.com (2017—06—30). 2017-yil 12-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 21-iyul.
  14. „Италия (до 21) VS. Испания (до 21) 3:1“ (en). soccerway.com (2019—06—16). 2019-yil 18-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 6-iyul.
  15. „Испания (до 21) VS. Бельгия (до 21) 2:1“ (en). soccerway.com (2019—06—19). 2019-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 6-iyul.
  16. „Испания (до 21) VS. Польша (до 21) 5:0“ (en). soccerway.com (2019—06—22). 2019-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 6-iyul.