Joniqul Yusupov
| Joniqul Yusupov | |
|---|---|
| Tavalludi |
1918-yil Zormon qishlogʻi, Samarqand viloyati (Rossiya imperiyasi), Turkiston ASSR (hozirgi Pastdargʻom tumani, Samarqand viloyati) |
| Vafoti |
28-yanvar 1988-yil (70 yosh) Past Dargʻom tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR |
| Fuqaroligi |
|
| Taʼlimi | Samarqand qishloq xoʻjalik instituti |
| Kasbi | paxtakor |
| Partiyasi | KPSS |
| Unvoni |
|
| Mukofotlari |
|
Joniqul Yusupov (1918-yil, Pastdargʻom tumani, Samarqand viloyati, Turkiston ASSR — 1988-yil, Pastdargʻom tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR) — sovet davlat va jamoat, siyosat arbobi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni, Ikkinchi jahon urushi ishtirokchisi.
Tarjimayi holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Joniqul Yusupov 1918-yilda Samarqand uyezdi Zormon qishlogʻida (hozirgi Pastdargʻom tumanida) tavallud topgan[1][2]. Otasi Yusuf Chaqqonov ovchi boʻlgan boʻlib, davlatga tulki moʻynasi tayyorlab sotish bilan shugʻullangan. Yusuf Chaqqonovning 2 qiz, 9 oʻgʻli boʻlgan boʻlib, toʻngʻichi Joniqul Yusupov boʻlgan[3]. Maktabni tugatgach, Pastdargʻom tumanidagi „Mehnat“ kolxozida xoʻjalik ishlari mudiri boʻlib ishlaydi. 1938-yilda harbiy xizmatga chaqirildi. 1941-yildan Ikkinchi jahon urushida ishtirok eta boshlagan. Dastlab 450-aerodromga (1-Ukraina fronti, 2-avia armiyasi) texnik xizmat ko'rsatish batalyoni tarkibida xizmat qilgan, harbiy xizmatining oxirida oʻsha batalyonda boʻlinma komandiri sifatida faoliyat olib borgan. Qo‘mondonlik topshiriqlarini namunali bajargani uchun serjant Yusupov „Jangovar xizmatlari uchun“ medali bilan taqdirlangan. 1946-yildan KPSS aʼzosi[1]. Urushdan soʻng, oʻz qishlogʻidagi kolxozda ishlay boshlagan. 1973-yilda Samarqand qishloq xoʻjalik institutini tamomlagan[3]. 1950−1988-yillarda „Qizil mehnat“, Chkalov, Karl Marks nomidagi kolxozlarning raisi vazifasida ishlagan. Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti 5, 8, 9-chaqiriq va SSSR Oliy Soveti 10−11-chaqiriqlar deputati boʻlgan. 1988-yilda Pastdargʻom tumanidagi Zormon qishlogʻida vafot etgan[1].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]1957-yil 11-yanvarda SSSR Oliy Soveti Prezidiumi farmoniga asosan Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni[2], 1957-yil 11-aprel, 1975-yil 14-fevral Lenin ordeni, 1944-yil 5-sentyabrda „Jangovar xizmatlari uchun“ medali[4], 1985-yil 11-martda 2-darajali Vatan urushi ordeni[5], 1951-yil 7-mayda „Shavkatli mehnat uchun“ medali, 1965-yil 1-martda „Mehnatda oʻrnak koʻrsatganlik uchun“ medali, Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan paxtakor unvoni[3] bilan taqdirlangan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 Сергей Кузоватов. „Юсупов Джаникул“ (rus tilida). 2023-yil 6-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-sentyabr.
- ↑ 2,0 2,1
Oʻzbek sovet ensiklopediyasi: 13-jild (Shashmaqom — Qavs). Toshkent: „Oʻzbek sovet ensiklopediyasi“ Bosh redaksiyasi, 1979 — 640-bet.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 Rasul Yoʻldoshev, Toji Yusupov. Yurt chinori edi u. Toshkent: Fan va texnologiya nashriyoti, 2009 — 80-bet. [sayt ishlamaydi]
- ↑ „Юсупов Джанкул Медаль «За боевые заслуги»“ (rus tilida). 2023-yil 6-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-sentyabr.
- ↑ „Юсупов Джаникул Орден Отечественной войны II степени“ (rus tilida). 2023-yil 6-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-sentyabr.
- Samarqand viloyati (Rossiya imperiyasi)da tugʻilganlar
- Pastdargʻom tumanida tugʻilganlar
- 28-yanvarda vafot etganlar
- 1988-yilda vafot etganlar
- Past Dargʻom tumanida vafot etganlar
- Sotsialistik Mehnat Qahramonlari
- Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan paxtakorlar
- Lenin ordeni sohiblari
- Oktabr Inqilobi ordeni sohiblari
- Vatan urushi 2-darajali ordeni sohiblari
- Vatan urushi ordeni sohiblari
- Jangovar xizmatlari uchun medali sohiblari
- Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti bitiruvchilari
- Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining 5-chaqiriq deputatlari
- Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 8-chaqiriq deputatlari
- Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 9-chaqiriq deputatlari
- Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 10-chaqiriq deputatlari
- Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 11-chaqiriq deputatlari
- KPSS XXIII syezdi delegatlari
- KPSS XXIV syezdi delegatlari
- KPSS XXV syezdi delegatlari