Joao Rojas

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Joao Robin Rojas Mendoza (talaffuzi: Joau Robin Roxas Mendoza; 1989-yil 14-iyunda La Tronkalda tugʻilgan) — ekvadorlik vinger. U Ekvador terma jamoasida faoliyat yuritadi.

Joao Rojas
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Joao Robin Rojas Mendoza
Tavallud sanasi 14-iyun 1989-yil (1989-06-14) (34 yosh)
Tavallud joyi La Troncal, Ekvador
Boʻyi 1.73
Ampluasi hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Orense
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2006 Municipal Cañar
2008 River Plate
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2007—2008 Técnico Universitario 67 (6)
2009—2011 Independiente DV 0 (0)
2009—2010 → Emelec (ijara) 75 (13)
2011 → Morelia (ijara) 42 (7)
2012—2013 Morelia 53 (11)
2013—2018 Cruz Azul 111 (20)
2017—2018 → Talleres (ijara) 12 (1)
2018—2021 São Paulo 33 (1)
2022— Orense 18 (2)
Milliy terma jamoa
2009 Ekvador U20 4 (2)
2008— Ekvador 34 (2)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(19-sentyabr uchun)

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rojas „Monarcas Morelia“ safida

Joao Rojas professional faoliyatini „Técnico Universitario“ futbol klubida boshlagan. 2009-yilda Joao Rojas „Emelec“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan va u jamoa bilan birinchi kumush medalini qoʻlga kiritgan. 2011-yilda Joao Rojas Meksikaning „Monarkas Moreliya“ jamoasiga ijaraga oʻtgan. 9-yanvar kuni „Atlas“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Meksika premyer ligasida debyut qilgan[1]. 20-fevral kuni „América“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Joao Rojas jamoadagi ilk golini urgan[2].

2013-yilning yozida u „Cruz Azul“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. 21-iyul kuni „Monterrey“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Joao Rojas yangi klub safida debyut qilgan[3]. Bir hafta oʻtgach, „Santos Laguna“ futbol klubiga qarshi bahsda u jamoa safidagi birinchi golini urgan[4].

2014-yilda Joao Rojas jamoasiga CONCACAF Chempionlar Ligasida gʻolib chiqishga yordam bergan. 20-dekabr kuni klublar oʻrtasidagi jahon chempionatida Yangi Zelandiyaning „Auckland City“ jamoasiga qarshi oʻyinda u gol urgan[5]. 2017-yil aprel oyida Qozonning „Rubin“ futbol klubi Joao Rojasga qiziqish bildirgan[6].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2009-yildan beri Joao Rojas Ekvador yoshlar terma jamoasi tarkibida Venesueladagi Janubiy Amerika yoshlar chempionatida oʻynagan[7]. Peru yoshlar terma jamoasiga qarshi birinchi oʻyinda u ikkita gol urgan va jamoaning gʻalaba qozonishiga yordam bergan.

2008-yil 13-noyabrda Meksikaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Joao Rojas Ekvador terma jamoasi safida debyut qilgan[8]. 2011-yil 12-noyabr kuni JCh-2014 saralash turniri doirasidagi Paragvay terma jamoasiga qarshi uchrashuvda u terma jamoa safidagi ilk golini urgan[9].













Statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa Mavsum Liga Milliy kubok Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Part. Gol
Técnico UniversitarioEkvador bayrogʻi Ekvador 2007 36 3 - - 36 3
2008 31 3 - - 31 3
Jami 67 6 0 0 67 6
EmelecEkvador bayrogʻi Ekvador 2009 32 6 - - 36 6
2010 43 7 - - 54 11
Jami 75 13 0 0 90 17
MoreliaMeksika bayrogʻi Meksika 2011 42 7 - - 47 10
2012 34 8 4 2 40 11
2013 19 3 0 0 19 3
Jami 95 18 4 2 106 24
Cruz AzulMeksika bayrogʻi Meksika 2013 17 5 0 0 19 5
2014 29 5 0 0 35 5
2015 30 1 0 0 30 1
2016 23 7 7 3 30 10
2017 9 1 0 0 9 1
Jami 102 19 7 3 116 22
Talleres (C)Argentina bayrogʻi Argentina 2017—2018 4 1 0 0 4 1
Jami 4 1 0 0 4 1
São PauloBraziliya bayrogʻi Braziliya 2018 18 1 2 0 20 1
2019 0 0 0 0 0 0
2020 1 0 0 0 1 0
2021 14 1 11 3 30 5
Jami 33 1 11 3 51 5
OrenseEkvador bayrogʻi Ekvador 2022 19 2 2 0 21 2
Jami 19 2 2 0 21 2
Umumiy faoliyatida 395 60 24 8 456 77

Ekvador terma jamoasi safida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sana Joy Raqib Hisob Musobaqa
1. 2011-yil 12-noyabr Defensores del Chaco, Asunsion, Paragvay Paragvay 2: 1 JCh-2014 saralash
2. 2013-yil 21- mart Atahualpa, Kito, Ekvador Salvador 5 :0 Oʻrtoqlik uchrashuvi

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Атлас VS. Монаркас Морелия 5:0“ (inglizcha). soccerway.com (9-yanvar 2011-yil).
  2. „Америка VS. Монаркас Морелия 1:2“ (inglizcha). soccerway.com (20-fevral 2011-yil).
  3. „Крус Асуль VS. Монтеррей 1:0“ (inglizcha). soccerway.com (21-iyul 2013-yil).
  4. „Сантос Лагуна VS. Крус Асуль 3:2“ (inglizcha). soccerway.com (27-iyul 2013-yil).
  5. „Крус Асуль VS. Окленд Сити 1:1“ (inglizcha). soccerway.com (20-dekabr 2014-yil).
  6. „«Рубин» может подписать полузащитника сборной Эквадора Рохаса“ (ruscha). sports.ru (17-aprel 2017-yil).
  7. „Перу (до 20) VS. Эквадор (до 20) 1:2“ (ruscha). soccerway.com (20-yanvar 2009-yil).
  8. „Эквадор VS. Мексика 1:2“ (ruscha). soccerway.com (13-noyabr 2008-yil).
  9. „Парагвай VS. Эквадор 2:1“ (ruscha). soccerway.com (12-noyabr 2011-yil).