Jismoniy faollikning foydali tomonlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Jismoniy faollikning ko'plab afzalliklari mavjud. Jismoniy harakatlar bevosita salomatlikni yaxshilash uchun xizmat qiladi.

"Jismoniy faollik" va "mashq" atamalarini bir-birining o'rnida ishlatilsa ham, turli ma'nolarni o'z ichiga oladi. "Jismoniy faollik" ish yoki o'yin, sport zaliga borish, kundalik ishlar yoki kundalik qatnov uchun kaloriyalarni yoqadigan har qanday tana harakatini anglatadi. Jismoniy faoliyatning kichik bo'lagi bo'lgan "mashq" jismoniy tayyorgarlik va salomatlikni yaxshilashga qaratilgan, rejalashtirilgan faoliyatni anglatadi [1]. Sport zaliga bormasdan ham faol tarzda harakatda bo'lish mumkinligini anglab yetish - sog'lom turmush tarziga o'tishga bo'lgan muhim qadamdir. To'shakni yig'ish, idish-tovoq yoki kir yuvish kabi odatiy harakatlar ham jismoniy faoliyatning bir turi hisoblanadi[2]. Jismoniy mashqlar tayyorgarlikni talab etib, umumiy salomatlik oshiradigan tana faoliyatidir. Jismoniy faollikning yetarli emasligi eng keng tarqalgan muammodir. Jismoniy faollikni saqlash ayrim kasalliklarning, jumladan saraton, yurak xastaliklari va diabetning oldini olish, ortga surrishga yordam beradi. Shuningdek, depressiyadan xalos bo'lish va kayfiyatni yaxshilashning samarali usulidir[3].

Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, jismoniy faollik yurak-qon tomir kasalliklari, saraton va diabet kabi kasalliklarning oldini olish va davolashda asosiy o'rinda turadi.

Tavsiya etilgan miqdor[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sog'lik nuqtai nazaridan, odatda, muammoli kasalliklar xavfini kamaytirish uchun haftasiga 2,5 soat o'rtacha qizishishdagi mashqlar tavsiya etiladi[4] [5] [6]. Shu bilan birga, hatto kichik hajmdagi mashqlarni bajarish ham hech narsa qilmaslikdan ko'ra foydaliroqdir. Kuniga o'rtacha bir soat mashq qilish erta o'lim, yurak-qon tomir kasalliklari, insult va saraton xavfini kamaytiradi[7] [8].

Vaznni nazorat qilish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tabiiy ravishda, sport va jismoniy mashg'ulotlar bilan shug'ullanganda me'yoriy vazn o'lchovlariga rioya qilish kerak[9]. Jismoniy faollik vaznni nazorat qilishga yordam beradi. Aks holda yog ' sifatida saqlanadigan ortiqcha kaloriyalar.ortiqcha vaznni keltirib chiqaradi. Iste'mol qilinadigan ovqatlarning aksariyati yuqori kaloriyali ingredientlarni o'z ichiga oladi. Qo'shimcha ravishda, ko'plab harakatlar kaloriyaning oshishiga sabab bo'ladi: uxlash, nafas olish va ovqat hazm qilish. Qabul qilingan va ishlatiladigan kaloriya miqdorini muvozanatda ushlab turishda jismoniy faoliyatning o'rni muhim[10].

Kundalik faoliyat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kundalik ishlarni bajarish kuchli mushaklar, muvozanat va chidamlilikni talab qiladi. Muntazam jismoniy faoliyat va mashqlar mushaklarning kuchini, muvozanatini va chidamliligini oshiradi.Yurish, stuldan turish yoki biror narsa olish uchun egilish kabi kundalik ishlarda muvozanat muhim rol o'ynaydi. Muvozanat muammolari kundalik hayot faoliyatiga salbiy ta'sir ko'rsatishi tayin. Muntazam jismoniy faoliyat muvozanatni yaxshilaydi va yiqilish xavfini kamaytiradi[11]. Muntazam ravishda mashq qilish jismoniy va ruhiy salomatlik uchun juda ko'p foyda keltiradi. Muntazam mashqlar yurak-qon tomir sog'lig'ingizni yaxshilashga, stress va tashvishlarni kamaytirishga, mushaklar va suyaklarni mustahkamlashga yordam beradi.

Shuningdek, u me'yoriy vaznni saqlashga, surunkali kasalliklar rivojlanish xavfini kamaytirishga va umumiy hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi. Bundan tashqari, mashqlar energiya darajasini oshirib, yaxshiroq uxlashga yordam beradi va diqqatni jamlash, konsentratsiyani oshiradi.

Saraton[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mashq qilish saraton kasalligidan omon qolish imkoniyatini oshiradi. Agar odam saraton kasalligini davolashning dastlabki bosqichlarida mashq qilsa, bu kimyoterapiyaning zararli ta'sirini kamaytirishgayordam beradi[12]. Tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, jismoniy mashqlar periferik qon aylanishining faollashuvi tufayli kimyoterapiya dori-darmonlarini qabul qilishni yaxshilash imkoniyatiga ega. Bu qon bosimining oshishi natijasida o'simta tomirlarida o'zgarishlarni ham amalga oshiradi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Physical Activity“. Harvard School of Public Health (2012-yil 21-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 18-may.
  2. „Physical activity guidelines for adults aged 19 to 64“ (en). nhs.uk (2022-yil 25-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 14-sentyabr.
  3. „Top 10 Most Common Health Issues“. University of Rochester. Qaraldi: 2020-yil 15-may.
  4. „Physical activity guidelines for adults aged 19 to 64“ (en). NHS (2022-yil 25-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 21-avgust.
  5. „How much physical activity do adults need?“ (en-us). Centers for Disease Control and Prevention (2023-yil 22-iyun). Qaraldi: 2023-yil 21-avgust.
  6. „Physical activity“ (en). WHO. Qaraldi: 2023-yil 21-avgust.
  7. "Small amounts of exercise protect against early death, heart disease and cancer" NIHR Evidence (National Institute for Health and Care Research) 2023-08-14 https://evidence.nihr.ac.uk/alert/small-amounts-of-exercise-protect-against-early-death-heart-disease-and-cancer/. 
  8. Garcia, Leandro; Pearce, Matthew; Abbas, Ali; Mok, Alexander; Strain, Tessa; Ali, Sara; Crippa, Alessio; Dempsey, Paddy C et al. (2023-02-28) "Non-occupational physical activity and risk of cardiovascular disease, cancer and mortality outcomes: a dose–response meta-analysis of large prospective studies" (en) British Journal of Sports Medicine 57 (15): 979–989 ISSN 0306-3674 PMID 36854652. 
  9. „Benefits of Physical Activity“. CDC. Qaraldi: 2020-yil 15-may.
  10. „Physical Activity and Weight Control“. MentalHelp.net - An American Addiction Centers Resource (2019-yil 19-mart). Qaraldi: 2020-yil 18-may.
  11. „Physical Activity and Fall Prevention“. Fall prevention task force. Qaraldi: 2020-yil 21-may.
  12. "Physical Exercise and Cancer: Exploring Chemotherapy Infusion as an Opportunity for Movement" Seminars in Oncology Nursing 36 (5): 151068 October 2020 PMID 33008684. 

Tashqi havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]