Kaloriya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kaloriya (lotincha: calor — issiqlik) — issiqlik miqdorining SI birliklar tizimiga kirmagan birligi. Joul yoki kal bilan belgilanadi. 1 gramm suvni G isitish uchun zarur issiqlik miqdori 1 kal deb olingan. 1 kal=4,1868 Joul Suvni isitishda sarflanadigan issiqlik miqdori temperatura intervaliga va sharoitga bogʻliq, shuning uchun 1 kg suvni 19,5° dan 20,5° gacha isitish uchun zarur issiqlik miqdori 1 kkal (katta kaloriya) deb olingan. Amalda kilokaloriya (kkal) koʻproq ishlatilgan: 1 kkal=1000 kal. Termokimyoda ishlatiladigan Kaloriya 4,1840 Joulga teng .[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil