Jilvon (qishloq)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jilvon
qishloq
Mamlakat Oʻzbekiston
Viloyat Buxoro viloyati
Tuman Shofirkon tumani
Iqlim turi keskin kontinental
Konfessiyaviy tarkib musulmonlar
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +998 65
Pochta indeks(lar)i 201104[1]
Avtomobil kodi 80

Jilvon yoki Jilvon-2 (xalq orasida Oltinchi Jilvon[2]) — Oʻzbekistonning Buxoro viloyati Shofirkon tumani tarkibiga kiruvchi qishloq. Tuman markazi — Shofirkon shahridan 8—10 km uzoqlikda joylashgan.

Etimologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shofirkon tumanida ushbu nom bilan ataluvchi nomlar koʻp uchraydi. Qizilqum choʻlining quyi qismidagi Jilvon choʻlining oʻzlashtirilishi bunga sabab boʻlgan. Uning tub oʻzagi qadimda harbiy mansablardan boʻlgan jilbonlar nomi bilan bogʻliq. Ushbu soʻz keyinchalik oʻzgarishlar natijasida jilvon koʻrinishiga kelgan. Ushbu nomda koʻplab qishloqlar nomlangan[3][4].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qishloq hududi katta maydonlarni egallagan. Shu sababli bu yerdagi aholi toʻp-toʻp boʻlib yashagan va ular alohida nomlangan. Qishloq ilk bora 1930-yillarda Egron ismli shaxs tomonidan oʻzlashtirib boshlangan. U bu yerda ikki yil daromad olgan, ammo keyingi yil qurgʻoqchilik kelib hosil ololmagan. Shu sababli bu yerni tashlab ketgan. 19301970-yillar davomida bu yerga tumanning Regishoyi, Talija kabi qishloqlaridan aholi kelib oʻrnasha boshlagan. Bu yerni oʻzlashtirish ishlari olib borilgan.

1980-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab esa aholisi zich boʻlgan Kotiyon, Regishoyi, Talija, Savrak, Kelachi, Bogʻiafzal qishloqlaridan boʻlgan yosh oilalarga reja asosida uy-joy qurib topshirilgan[2].

Qisloqni ikkiga ajratuvchi yoʻl oʻtgan, bu esa qishloqni ikki xil nomlanishiga sabab boʻlgan. Yoʻlning sharqi „Iskandarobod“ va gʻargi „Fayziobod“ deb nomlangan. Ammo aholi orasida bu nomlardan tashqari Talija-Jilvon va Alla Holiq nomlari qoʻllaniladi[5].

Xoʻjaligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qishloq ilgari yulgʻunzor va qum barxanlaridan iborat boʻlgan. Oʻzlashtirish natijasida yerlar madaniylashgan, ammo hozirda ham shoʻrxok, shagʻalli va qumloq yerlari koʻp. Asosan dehqonchilik qilinib, ekin maydonlarida bugʻdoy, paxta, beda ekiladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Shofirkon tumani pochta indekslari“. goldenpages.uz. Qaraldi: 30-iyul 2023-yil.
  2. 2,0 2,1 Шофиркон тарихи 1998, s. 88.
  3. Шофиркон тарихи 1998, s. 86.
  4. Buxoro toponimikasi 2021, s. 187.
  5. Шофиркон тарихи 1998, ss. 88–89.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Halim Toʻrayev. Buxoro toponimikasi. Buxoro: Durdona, 2021 — 276 bet. 
  • Мухтор Салим Бобомурод Қарим. Шофиркон тарихи. Тошкент: «Ёзувчи», 1998 — 224 bet.