Jiltirbos

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Jiltirbasdan yoʻnaltirildi)

Jiltirbos yoki JildirbasOrol dengizining janubiy qirgʻogʻidagi botqoqlashgan koʻl. Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida joylashgan. 1960-yillar boshigacha Orol dengizining qoʻltigʻi boʻlgan. 1960–1970-yillarda dengizning qurib borishi tufayli quruqlikka aylandi. Lekin Amudaryoning oʻng tarmogʻi va ikkita tashlama orqali zovur suvining kelib turishi natijasida qurigan qoʻltiq oʻrnida koʻl vujudga keldi (2000). Daryo va tashlamalardan koʻlga quyilayotgan suv hajmi yillar davomida keskin farq qilgani uchun koʻl sathi turgʻun emas. Suvning minerallashuv darajasi har litrda 10–15 g. Oʻrtacha chuqurligi 1–3 m, uzunligi 45 km, eni janubda 10 km, shimolda 6 km (1997). Mutlaq balandligi 53–42 m, janubdan shimolga choʻzilgan. Suvda qoʻgʻa, qamish va boshqa suv oʻsimliklari mavjud, qirgʻoqlari ham qamishzor. Toʻqayzorda qobon, suvli joylarda birqozon, baliqchi qush, oʻrdak va boshqalar yashaydi. Jiltirbos baliqchilikda (laqqa baliq, zogʻora baliq, ilonbosh va boshqalar) va ovchilikda foydalaniladi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil