Kontent qismiga oʻtish

Javohir Aliqulov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Javohir Aliqulov
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 3-sentyabr 1997-yil (1997-09-03) (27 yosh)
Sport
Qaysi sport Para taekvondo
Murabbiy(lar)i Timur Sobirov

Javohir Aliqulov (1997-yil 3-sentabrda tugʻilgan) — oʻzbekistonlik para taekvondochi. 2018-yildan buyon para taekvondo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. Musobaqalarda K44 klassida ishtirok etadi.

Tarjimai holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Javohir Aliqulov Oʻzbekiston Milliy universitetida tahsil olgan[1]. Murabbiyi — Timur Sobirov.

2023-yilda Xitoyning Xanchjou shahrida boʻlib oʻtgan 2022-yilgi Yozgi Osiyo oʻyinlarida -70 kg vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritgan[2].

2023-yil Meksikada boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida kumush medal sovrindoriga aylangan.

2024-yilning 1—6-iyul kunlari Janubiy Koreyaning Chxunchxon shahrida boʻlib oʻtgan para taekvondo bo‘yicha xalqaro ochiq chempionatda -70 kg vazn toifasida bronza medali sohibi boʻlgan.

Butunjahon taekvondo federatsiyasining yakuniy reyting natijalariga koʻra -70 kg vazn toifasida Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari litsenziyasini qoʻlga kiritgan.

  1. „ALIKULOV Javokhir“. paralympic.org. Qaraldi: 30-avgust 2024-yil.
  2. „Xanchjou-2022: Javohir Aliqulov ham sovrindorlar qatoridan joy oldi“. olympic.uz. Qaraldi: 30-avgust 2024-yil.