Jannatqushlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Jannatqushlar (Paradiseidae) — chumchuqsimonlar turkumining oilasi. Pati juda chiroyli, yaltiroq. Narilarining "bezatuvchi" pati uzun boʻladi. 43 turi maʼlum. Molukka ya. o.dan to Luiziada arxipelagigacha boʻlgan joylarda va Sharqiy Avstraliyada yashaydi. J. qorayaloqsan quzgʻungacha kattalikda boʻladi. Baʼzilarining dumi juda uzun. Tropik oʻrmonlarda, butazorlarda, ayrim turlari togʻlarda yashaydi. Kosasimon uya qurib, 1—2 ta tuxum bosadi. Oʻsimlik urugʻlari, mevalari, hasharotlar va ularning lichinkalari, oʻrgimchaklar, mollyuskalar, kaltakesaklar, qurbaqalar, baʼzilari nektar bilan oziqlanadi. Pati bosh kiyim va kiyim-kechaklarni bezashda ishlatiladi. Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi Qizil kitobiga 9 turi kiritilgan.

Jannatqushlar: 1 — katta jannatqush; 2 — pashshatutar jannatqush; 3 — bokira jannatqush.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil