Kontent qismiga oʻtish

Jamiya Ahmadiyya sunniy komil madrasasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Jamiya Ahmadiya sunniy komil madrasasi (arabcha: الجامعة الأحمدية السنية الكاملية; bengalcha: জামেয়া আহমদিয়া সুন্নিয়া কামিল মাদরাসা)), xalq orasida Jamiya Ahmadiya nomi bilan tanilgan, Bangladeshning Chittagong shahri Sholashahar, Chandgaon hududidagi taniqli oliy oʻquv yurtidir. 1954-yilda tashkil etilgan bu muassasa Bangladeshdagi eng katta va eng qadimgi sunniy Barelvi madrasalaridan biridir. Uning asoschisi mashhur islom olimi Sayid Ahmad Shoh Sirikotiydir. U Imom Ahmad Rizoxon taʼlimoti asosida tashkil etilgan. Sayid Muhammad Tayyobshoh muassasa homiysidir. Hozir Sayid Muhammad Tohir Shoh va Sayid Muhammad Sobirshoh muassasa homiysi hisoblanadi[1][2].

Darajalar va kurslar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Madrasada quyidagi kurslar oʻqitiladi[3][4].

Boshlangʻich daraja- urdu; forscha; arabcha; Nahu-Sarf; sirot-un-nabi; Matematika bilan bir qatorda fiqh fanlari ham oʻqitiladi; tarix; bengal tili; ingliz tili va geografiya.

  • Ikkinchi darajali — oliy arab grammatikasi; arab adabiyoti; Fiqh; mantiq.
  • Oliy oʻrta daraja — oliy Fiqh va Usul-e-Fiqh; yuqori mantiq; oliy arab adabiyoti; oliy iqtisod; oliy falsafa; oliy islom tarixi.
  • Bitiruv darajasi — Hadis; tafsir; Arab va fors sheʼriyati.
  • Magistraturadan keyingi daraja — Oltita yirik hadis kitoblari: Buxoriy Sharif, Muslim Sharif, Abu Dovud Sharif, Termiziy Sharif, Nasoi Sharif va Ibn Moja oʻqitiladi.
  • Magistratura darajasidan tashqari — islom huquqi sohasida keyingi taʼlim; arab tili va adabiyoti; oliy hadisshunoslik, bengal adabiyoti va islomshunoslik.

Maʼmuriyat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu muassasa Bangladeshda sunniy Barelvi mafkurasiga mansub kamida yuzta madarsalarni boshqaradigan Anjuman-E-Rahmania Ahmadia Sunnia Trustga qarashli[5][6].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Jamea Ahmadia Sunnia Alia Kamil Madrasha, Panchlaish, Chittagong“ (en-US). Welcome To Anjuman-E- Rahmania Ahmadia Sunnia Trust (2017-yil 4-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 26-mart.
  2. „List of Madrasha“ (PDF). banbeis.portal.gov.bd. Qaraldi: 2021-yil 31-mart.
  3. „জামেয়া আহমদিয়া সুন্নিয়া কামিল মাদরাসা“. jasa.edu.bd. 2021-yil 23-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 26-mart.
  4. „Info“ (PDF). www.iu.ac.bd. 2021-yil 23-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 31-mart.
  5. „Our Madrasha“ (en-US). Welcome To Anjuman-E- Rahmania Ahmadia Sunnia Trust (2014-yil 23-dekabr). 2021-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 26-mart.
  6. „Survey of Independent Ebtedayee Madrasah“ (PDF). lib.banbeis.gov.bd (2004). 2021-yil 23-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 31-mart.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]