Jalol Nosirovich Maxsumov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Jalol Nosirovich Maxsumov (1920.5.12 - Toshkent - 2000.20.5) - rentgenradiolog, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (2000), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1967), Rossiya Tibbiyot Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1969), tibbiyot fanlari doktori (1952), professor (1954). Toshkent tibbiyot akademiyasini tugatgan (1942). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Toshkent tibbiyot akademiyasi rengenologiya va tibbiyot radiologiyasi kafedrasida assistent, dotsent (1948—54), professor (1954—62), 1962 yildan kafedra mudiri, Oʻzbekiston Sogʻliqni saklash vazirligi Ilmiy tibbiyot kengashining raisi. Oʻt pufagi kasalliklarining klinik diagnostikasida bilitrast preparati yordamida xoletsistografiya qilish usulini amaliyotga tatbiq etgan. Ilmiy faoliyati, asosan, meʼda-ichak, oʻt yoʻllari va oʻpka kasalliklarini rentgenradiologik usulda aniqlashga, oʻpka kasalliklari hamda oʻsmalarni rentgen nurlari va gamma-nurlar bilan davolashga bagʻishlangan.

Manbalar[tahrir]

  • Vneshnyaya radiometriya v diagnostike zabolevaniy organov pishevareniya, T., 1972 (E. A. Shokirov bilan hamkorlikda).