Jake Bidwell

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jake Bidwell
Bidwell Queens Park Rangers klubi safida 2016-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Jake Brian Bidwell[1]
Tavallud sanasi 21-mart 1993-yil (1993-03-21) (31 yosh)
Tavallud joyi Southport, Angliya
Boʻyi 6 ft 0 in (1.83 m)[2]
Ampluasi himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Coventry City
Raqami 27
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2004—2009 Everton
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2009—2013 Everton 0 (0)
2011—2012Brentford (ijara) 24 (0)
2012—2013Brentford (ijara) 40 (0)
2013—2016 Brentford 126 (3)
2016—2019 Queens Park Rangers 122 (2)
2019—2022 Swansea City 92 (3)
2022— Coventry City 29 (0)
Milliy terma jamoa
2009

Angliyaning 16 yoshgacha

boʻlgan oʻsmirlar terma jamoasi
4 (2)
2009

Angliyaning 17 yoshgacha

boʻlgan oʻsmirlar terma jamoasi
7 (1)
2011

Angliyaning 18 yoshgacha

boʻlgan oʻsmirlar terma jamoasi
1 (0)
2011—2012

Angliyaning 19 yoshgacha

boʻlgan oʻsmirlar terma jamoasi
3 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 23-oktyabr 10:36 (utc) uchun)

Jake Brian Bidwell (talaffuzi: Jeyk Brayan Bidvel) (1993-yil 21-martda tugʻilgan) angliyalik professional futbolchi hisoblanadi. Jake Bidwell hozirgi kunda „Coventry City“ klubi jamoasida chap qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi[3]. Jake Bidwell oʻz faoliyatini Angliya Premer-ligasi vakili „Everton“ klubining akademiyasida boshlagan. Jake Bidwell Angliya milliy futbol terma jamoasining turli yosh guruhlari toifasida ishtirok etgan.

Klublardagi oʻyin faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Everton[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jake Bidwell Sauthportda oʻsgan va 11 yoshida Angliya Premer-ligasi vakili „Everton“ klubining akademiyasiga qoʻshilgan[4]. Dastlabki ikki mavsumda Jake Bidwell darvozabon sifatida oʻynadi[5]. Keyinchalik,Jake Bidwell klubning 18 yoshgacha boʻlgan futbolchilar jamoasi safiga qoʻshilib, u yerda chap qanot himoyachisi pozitsiyasida faoliyatini davom ettirgan. 2008—2009-yilgi mavsum boshida Jake Bidwell yangi klubi safida oʻzining debyut oʻyinini oʻtkazgan. Jake Bidwell 2008—2009-yilgi mavsumda „Everton“ klubining 18 yoshgacha boʻlgan futbolchilari tarkibida 19 ta oʻyinda maydonga tushdi. „Everton“ klubining 18 yoshgacha boʻlgan futbolchilari jamoasi 2009-yil 16-aprel kuni Premer-liga doirasida oʻtkazilgan „Manchester United“ lubining 18 yoshgacha boʻlgan futbolchilari jamoasiga qarshi oʻyinda 2:0 hisobida magʻlub boʻldi[6]. Jake Bidwell 2009-yil 17-dekabrda UEFA Yevropa Ligasi guruh bosqichida „BATE Borisov“ klubiga qarshi oʻyin uchun asosiy jamoaga chaqiruv oldi. „BATE Borisov“ klubiga qarshi oʻyinda Jake Bidwell klubning asosiy jamoasi bilan toʻqson daqiqa mobaynida maydonda harakatlandi. Oʻyin 1:0 hisobida „BATE Borisov“ klubining gʻalabasi bilan yakunlandi[7]. Bu oʻyini bilan Jake Bidwell „Everton“ klubining UEFA Yevropa Ligasi oʻyinlarida ishtirok etgan eng yosh futbolchisi sifatida rekord oʻrnatdi[8].

Jake Bidwell 2010—2011-yilgi mavsumda faqat „Everton“ klubining 18 yoshgacha boʻlgan futbolchilar jamoasida oʻynadi. Jake Bidwell „Everton“ klubining 18 yoshgacha boʻlgan futbolchilar jamoasining sardori sifatida bir nechta oʻyinlarda maydonga tushdi va jamoa bilan 2010—2011-yilgi mavsum Premer-Liga chempionligini qoʻlga kiritdi[4][9]. Oʻyinlardagi saʼy-harakatlari uchun Jake Bidwell „Everton“ klubi Akademiyasining 2010—2011-yilgi mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi[10]. Shundan soʻng, Jake Bidwell asosiy klub jamoasi tarkibiga chaqirilgan, lekin 2011—2012-yilgi mavsumda asosiy klubi jamoasi bilan maydonga tusha olmagan va 2011-yil 24-noyabrda ijara shartnomasi asosida futbolchilik faoliyatini davom ettirgan[11]. Jake Bidwell deyarli butun 2012—2013-yilgi mavsumni ijara asosida oʻtkazdi va 2013-yilning 17-iyunida[8][12] atigi bir marta asosiy tarkibda maydonga tushgan holda 'Everton" klubini tark etdi[13]. Jake Bidwell „Everton“ klubining 18 yoshgacha boʻlgan futbolchilar jamoasida va oʻrinbosar jamoalar safida 100 ga yaqin oʻyin oʻtkazib, 7 ta gol urgan.

Brentford[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011-yilning 24-noyabrida Jake Bidwell Sam Wood va Blair Adams ketganidan soʻng boʻshliqni toʻldirish uchun 2012-yilning 9-yanvarigacha chap qanot va chap yarim himoyada himoyachi sifatida „Brentford“ klubining EFL Birinchi liga jamoasiga ijaraga berildi[14]. Jake Bidwell jamoadagi debyut oʻyinini 6-dekabr kuni Futbol Ligasi kubogi uchun musobaqaning yarim final oʻyinida „Barnet“ klubiga qarshi oʻyinda oʻyindan keyingi penaltilar seriyasida magʻlub boʻlgan uchrashuvda oʻtkazdi[15]. Jake Bidwell oʻzining ligadagi debyut oʻyinini Griffin Parkdagi keyingi oʻyinda oʻtkazdi va u yerda klubga „Hartlepool United“ klubi ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozonishga yordam berdi[15]. Jake Bidwellning yaxshi formasi tufayli Jake Bidwellning ijara muddati 2011—2012-yilgi mavsum oxirigacha uzaytirildi[16]. Jake Bidwell 2012-yil 28-yanvarda „Wycombe Wanderers“ klubi ustidan 5:2 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda xet-trik qahramoni Gary Alexanderga ikkita golli uzatmani amalga oshirdi[17]. Chap qanotdagi pozitsiyani yaxshi holatga keltirganiga qaramay, mavsum oxirida klubga Pim Balkesteinning qaytishi tufayli Jake Bidwell chap qanot yarim himoyasi pozitsiyasiga oʻtishga majbur boʻldi[18]. Jake Bidwell 2011—2012-yilgi mavsumda 25 ta oʻyinda maydonga tushgan.

Jake Bidwell 2012-yil 29-avgustda bir oylik ijara asosida „Brentford“ klubiga qoʻshildi. Ammo shartnomada belgilangan qarzni qayta-qayta uzaytirish orqali[18] 2012—2013-yilgi mavsumining qolgan qismida Griffin Parkda qoldi[12]. Jake Bidwell murabbiy Uwe Röslerslerning birinchi tanlovi orqali chap qanot himoyachisi pozitsiyasini saqlab qoldi va butun mavsum davomida shu pozitsiyada faoliyat olib bordi[19]. Jake Bidwell 2013-yil 22-yanvarda „Leyton Orient“ klubi bilan 2:2 hisobidagi durang oʻyinda ikki marta qoidabuzarlik qilgani uchun katta karyerasidagi birinchi qizil kartochkani oldi[20]. Bu qizil kartochka tufayli Jake Bidwell Angliya kubogi doirasidagi musobaqaning toʻrtinchi bosqichida „Brentford“ klubining „Chelsea“ klubi bilan 2:2 hisobidagi durang oʻyinini oʻtkazib yubordi[21]. Jake Bidwell 2012—2013-yilgi mavsumda 50 ta oʻyinda maydonga tushdi[19].

Jake Bidwell 2015-yilda „Brentford“ klubida oʻynagan

Jake Bidwell 2013-yilning 17-iyunida nomaʼlum toʻlov evaziga „Brentford“ klubi bilan uch yillik shartnoma imzoladi[8]. „Brentford“ klubining mavsumdagi birinchi uchta liga oʻyinida maydonga tushganidan soʻng[22], Jake Bidwell 2013-yil 17-avgustda Liga kubugi doirasidagi „Gillingham“ klubi bilan boʻlgan oʻyinda (oʻyin1-1 hisobida durang bilan tugagan) toʻpigʻidan jiddiy jarohat oldi. Bu Jake Bidwellning faoliyatidagi birinchi jiddiy jarohat edi[23]. Jake Bidwell 8-oktyabr kuni „Peterborough United“ klubiga qarshi kechgan uchrashuvda maydonga qaytdi (oʻyin 2:1 hisobida „Peterborough United“ klubining gʻalabasi bilan yakunlandi)[22]. Jake Bidwell 2014-yil yanvar oyida „Port Vale“, „Walsall“ va „Gillingham“ klublari ustidan ketma-ket gʻalaba qozonilgan oʻyinlarda Will Grigg, Clayton Donaldson va Jonathan Douglasning gollariga asisstentlik qildi. Bu natijalari va oʻzining saʼy-harakatlari tufayli Jake Bidwell Futbol Ligasi oyining eng yaxshi yosh oʻyinchisi sovrinini qoʻlga kiritdi[24][25][26][27]. Jake Bidwell 1-fevral kuni „Shrewsbury Town“ klubi bilan 1:1 hisobidagi durang oʻyinda „Brentford“ klubidagi 100-uchrashuvini oʻtkazdi[22][28]. „Brentford“ klubi avtomatik tarzda EFL chempionatga koʻtarilgan muvaffaqiyatli mavsum oxirida „Brentford“ klubi 2013—2014-yilgi mavsumda PFAning birinchi ligasida yilning eng yaxshi jamoasi va Birinchi ligada yil jamoasi sifatida nomlandi[29][30]. Jake Bidwell 2013—2014-yilgi „Brentford“ klubi bilan mavsumda 41 ta oʻyinda maydonga tushdi va 2014-yilning 24-iyulida yangi uch yillik shartnoma imzoladi[11][22].

Jake Bidwell 2014—2015-yilgi mavsumda[31] EFL Liga kubogining ikkinchi bosqichi doirasidagi Gʻarbiy London derbisi vakili „Fulham“ klubiga qarshi oʻyinda birinchi marta jamoa sardori sifatida maydonga tushgan edi (oʻyin 1:0 hisobida 'Brentford" klubining magʻlubiyati bilan tugagandi)[32]. 13-sentyabr kuni „Brighton & Hove Albion“ klubi ustidan 3:2 hisobida gʻalaba qozongan „Brentford“ klubi uchun Jake Bidwell ikkita gol urishga muvaffaq boʻldi[33]. 2015-yilning 10-fevralida pley-offga daʼvogar boʻlgan „Watford“ futbol klubi bilan boʻlib oʻtgan oʻyinda Jake Bidwell oʻyinning 37-daqiqasida zaxiraga olindi (oʻyin „Watford“ klubining 2:1 hisobdagi gʻalabasi bilan yakunlandi)[32]. Uch haftadan soʻng Jake Bidwell oʻzining „Brentford“ klubidagi 150-uchrashuvini nishonladi[32][34]. Jake Bidwell 2014—2015-yilgi mavsumni 51 ta oʻyin bilan yakunladi. „Brentford“ klubi pley-off yarim finalida „Middlesbrough“ klubiga imkoniyatni boy berdi[32].

Klub sardori Kevin OʻConnor isteʼfoga chiqqanidan va asosiy sardorlar Tony Creig va Jonathan Douglas klubdan ketganidan soʻng[35], Jake Bidwell 2015—2016-yilgi mavsum uchun jamoa sardori etib tayinlandi[36]. 15-dekabr kuni Jake Bidwell oʻzining 186-"Brentford" klubidagi uchrashuvida „Cardiff City“ klubiga 3:2 hisobida magʻlub boʻlgan oʻyinning ikkinchi yarmida gol urishga muvaffaq boʻldi[37]. Jake Bidwell oʻzining ikkinchi golini yetti hafta oʻtgach, „Preston Nort End“ klubiga qarshi oʻyinda jarima zarbasidan raqib darvozasiga kiritdi. 2016-yil 23-aprelda „Milton Keynes Dons“ klubiga 4:1 hisobida magʻlub boʻlgan oʻyinda Jake Bidwell oʻzining uchinchi golini urdi[38][39]. Jake Bidwell mavsum davomida faqat bitta oʻyinni oʻtkazib yubordi va klub bilan shartnomani uzaytirish boʻyicha muzokaralar 2016-yilning may oyida boshlandi[39][40]. Muzokaralar natija bermadi va Jake Bidwell 2016-yilning 1-iyulida klubni tark etdi[36]. Griffin Parkdagi toʻrt yarim mavsum davomida Jake Bidwell 211 oʻyin oʻtkazdi va uchta gol urdi[13].

Queens Park Rangers[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yilning 1-iyulida Jake Bidwell „Queens Park Rangers“ klubiga nomaʼlum toʻlov evaziga uch yillik shartnoma asosida qoʻshildi[41]. Jake Bidwell 2017-yilning 7-yanvarida Angliya Kubogi doirasida boʻlib oʻtgan „Blackburn Rovers“ klubiga 2:1 hisobida magʻlub boʻlgan oʻyinda „QPR“ klubidagi ilk golini kiritdi[42]. Jake Bidwell 2018-yilning 13-martida „Aston Villa“ klubi bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda („QPR“ klubi 3:1 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda) ligadagi ilk golini kiritdi[43]. 2018-yil 30-mart kuni „QPR“ klubi „Reading“ klubiga 1:0 hisobida magʻlub boʻlgan oʻyinda Jake Bidwell soʻnggi daqiqada Vito Mannone tomonidan belgilangan penaltini tepdi[44].

Swansea City[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yilning 2-iyulida Jake Bidwell „Swansea City“ klubiga tekinga oʻtdi. Jake Bidwell „Swansea City“ klubi safidagi ilk golini 2020-yil 3-oktyabrda „Millwall“ klubi darvozasiga kiritdi[45]. Jake Bidwell „Swansea City“ klubiga chempionatda 4-oʻrinni egallashga yordam berdi (ikkala yarim finalda va final oʻyinlarida „Swansea City“ klubi „Brentford“ kluviga magʻlub boʻldi). Jake Bidwell 2022-yilning 17-yanvarida „Swansea City“ klubini tark etdi. Jake Bidwell „Swansea City“ klubii safida 92 oʻyin oʻtkazib, 3 ta gol urgan[46].

Coventry City[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 17-yanvarda Jake Bidwell „Conventry City“ klubi bilan ikki yarim yillik shartnoma imzoladi[47].

Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jake Bidwell Angliya milliy futbol terma jamoasin turli yosh guruhlari toifasida himoya qilgan. Jake Bidwell 2009-yil 8-aprelda Montaigu turniri doirasidagi guruh bosqichi oʻyinlarida Angliya milliy futbol terma jamoasining Rossiya milliy futbol terma jamoasiga qarshi oʻyinida debyut qildi[48]. Bu oʻyinda Angliya milliy futbol terma jamoasi 3:1 hisobida Rossiya milliy futbol terma jamoasi ustidan gʻalaba qozondi (uchinchi gol Jake Bidwell tomonidan kiritilgan)[49]. Jake Bidwell Angliya milliy futbol terma jamoasi safidagi ikkinchi golini Angliyaning guruhdagi soʻnggi oʻyinida Kot-d’Ivuar milliy futbol terma jamoasi qarshi oʻyinida raqib darvozasiga penaltidan kiritdi (oʻyin 3:0 hisobida Angliya milliy futbol terma jamoasining gʻalabasi bilan tugadi)[50]. Angliya milliy futbol terma jamoasi final oʻyinida Germaniya milliy futbol terma jamoasini oʻyindan keyingi penaltilar seriyasida magʻlub etdi[51].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga FA kubugi Liga kubugi Boshqa Umumiy
Diviziya Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Everton 2009—2010[7] Premer-liga 0 0 0 0 0 0 1 0 1 0
20101201[52] 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
2011—2012[15] 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
2012—2013[19] 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
Umumiy 0 0 0 0 0 0 1 0 1 0
Brentford (ijara) 2011—2012[15] Birinchi liga 24 0 0 0 0 0 1 0 25 0
Brentford (ijara) 2012—2013[19] Birinchi liga 40 0 6 0 0 0 4 0 50 0
Brentford 2013—2014[22] Birinchi liga 38 0 2 0 0 0 1 0 41 0
2014—2015[32] Chempionat 43 0 1 0 2 0 2 0 48 0
2015—2016[39] 45 3 1 0 1 0 47 3
Umumiy 126 3 4 0 3 0 3 0 136 3
Queens Park Rangers 2016—2017[53] Chempionat 36 0 1 1 1 0 38 1
2017—2018[54] 46 2 1 0 0 0 47 2
2018—2019[55] 40 0 4 1 1 0 45 1
Umumiy 122 2 6 2 2 0 0 0 130 4
Swansea City 2019—2020[56] Chempionat 37 0 1 0 0 0 2 0 40 0
2020—2021[57] 39 1 3 0 1 0 3 0 46 1
2021—2022[58] 16 2 0 0 3 0 0 0 19 2
Umumiy 92 3 4 0 4 0 5 0 105 2
Coventry City 2021—2022[58] Chempionat 16 0 1 0 0 0 0 0 17 0
2022—2023[59] 13 0 0 0 1 0 0 0 14 0
Umumiy 29 0 1 0 1 0 0 0 31 0
Umumiy 433 8 21 2 10 0 14 0 478 10

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Andoza:Hugman
  2. Brentford FC „First Team Profiles“. 5-aprel 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-yanvar 2016-yil.
  3. „TRANSFER: Coventry City sign Jake Bidwell!“. Coventry City (17-yanvar 2022-yil). Qaraldi: 17-yanvar 2022-yil.
  4. 4,0 4,1 Kenrick. „Everton Players: Jake Bidwell“. ToffeeWeb. 2018-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-aprel 2014-yil.
  5. Stevens. „BBC Sport – Jake Bidwell: Brentford left-back aiming to repay club's faith“. BBC Sport (21-fevral 2014-yil). Qaraldi: 12-aprel 2014-yil.
  6. „Everton Reserves, 2008–09“. ToffeeWeb. Qaraldi: 12-aprel 2014-yil.
  7. 7,0 7,1 „Games played by Jake Bidwell in 2009/2010“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 14-dekabr 2020-yil.
  8. 8,0 8,1 8,2 „Brentford FC“ (en-gb). 2018-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-yanvar 2018-yil.
  9. „Everton Under-18s, 2010–11“. ToffeeWeb. Qaraldi: 12-aprel 2014-yil.
  10. „Ladies, Reserve & Academy Players of the Season / 10/11 End Of Season Awards / Annual Awards Winners / History / evertonfc.com – The Official Website of Everton Football Club“. Evertonfc.com. 2011-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-aprel 2014-yil.
  11. 11,0 11,1 Wickham. „Jake Bidwell signs new three-year Brentford contract to stay at Griffin Park until 2017“. www.brentfordfc.co.uk. Qaraldi: 4-iyul 2015-yil. [sayt ishlamaydi]
  12. 12,0 12,1 „Bidwell extends stay at Bees“. Sky Sports (8-aprel 2013-yil). Qaraldi: 19-iyun 2013-yil.
  13. 13,0 13,1 „Jake Bidwell“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 12-dekabr 2020-yil.
  14. „Brentford sign Jake Bidwell and Harlee Dean on loan“. BBC Sport (24-noyabr 2012-yil). Qaraldi: 22-yanvar 2013-yil.
  15. 15,0 15,1 15,2 15,3 „Games played by Jake Bidwell in 2011/2012“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 14-dekabr 2020-yil.
  16. „Bees extend loans of Everton duo“. Houslow Chronicle (21-mart 2012-yil). Qaraldi: 22-yanvar 2013-yil.
  17. „BBC Sport – Brentford 5–2 Wycombe“. BBC Sport (28-yanvar 2012-yil). Qaraldi: 12-aprel 2014-yil.
  18. 18,0 18,1 „Brentford FC BIDWELL RETURNS“ (en-gb). 2018-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-yanvar 2018-yil.
  19. 19,0 19,1 19,2 19,3 „Games played by Jake Bidwell in 2012/2013“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 14-dekabr 2020-yil.
  20. Brentford 2 Hayes 16′ Donaldson 39′. „BBC Sport – Brentford 2–2 Leyton Orient“. BBC Sport (22-yanvar 2013-yil). Qaraldi: 12-aprel 2014-yil.
  21. McNulty. „BBC Sport – Brentford 2–2 Chelsea“. BBC Sport (27-yanvar 2013-yil). Qaraldi: 12-aprel 2014-yil.
  22. 22,0 22,1 22,2 22,3 22,4 „Games played by Jake Bidwell in 2013/2014“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 14-dekabr 2020-yil.
  23. „Bidwell worry for Bees“. Sky Sports. Qaraldi: 12-aprel 2014-yil.
  24. „BBC Sport – Brentford 2–0 Port Vale“. BBC Sport (11-yanvar 2014-yil). Qaraldi: 12-aprel 2014-yil.
  25. „BBC Sport – Walsall 1–1 Brentford“. BBC Sport (18-yanvar 2014-yil). Qaraldi: 12-aprel 2014-yil.
  26. „Mark Praises Bees After Gillingham Win“. Brentfordfc.co.uk (25-yanvar 2014-yil). 2016-yil 27-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-aprel 2014-yil.
  27. „Jake Bidwell Wins Football League Award“. Brentfordfc.co.uk (21-fevral 2014-yil). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-aprel 2014-yil.
  28. „Twitter / jakebidwell21: Buzzing to still be top after“. Twitter.com (1-fevral 2014-yil). 2014-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-aprel 2014-yil.
  29. „Luis Suarez: Liverpool striker wins PFA Player of the Year award“. BBC Sport (28-aprel 2014-yil). Qaraldi: 23-may 2018-yil.
  30. Chris Wickham. „Alan McCormack and Adam Forshaw of Brentford named League One Team of the Year with Jake Bidwell a substitute“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 23-oktyabr.
  31. Chris Wickham. „Jake Bidwell reflects on Brentford's Capital One Cup loss to Fulham“. 2016-yil 29-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 23-oktyabr.
  32. 32,0 32,1 32,2 32,3 32,4 „Games played by Jake Bidwell in 2014/2015“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 14-dekabr 2020-yil.
  33. „Latest News“. 2014-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  34. Mark D Fuller. „Jake Bidwell in pictures“. brentfordfc.co.uk. 2016-yil 29-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-iyun 2015-yil.
  35. Moore. „Jonathan Douglas completes Brentford exit and joins Ipswich“. Qaraldi: 9-avgust 2015-yil.
  36. 36,0 36,1 „Brentford FC Jake Bidwell signs for Queens Park Rangers“ (en-gb). 2020-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-yanvar 2018-yil.
  37. „Jake Bidwell: "I'd like to think it's been coming"“. www.brentfordfc.co.uk. 2016-yil 29-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 23-oktyabr.
  38. Chapman. „Jake Bidwell credited with Brentford's first goal against Preston North End“. www.brentfordfc.co.uk. 2016-yil 16-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 23-oktyabr.
  39. 39,0 39,1 39,2 „Games played by Jake Bidwell in 2015/2016“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 14-dekabr 2020-yil.
  40. Moore. „Jake Bidwell resumes contract talks with Brentford“. getwestlondon (17-may 2016-yil). Qaraldi: 17-may 2016-yil.
  41. „QPR sign Brentford's Jake Bidwell“ (EN). English. Qaraldi: 2-yanvar 2018-yil.
  42. „QPR 1–2 Blackburn“. BBC Sport (7-yanvar 2017-yil). Qaraldi: 31-mart 2018-yil.
  43. „Aston Villa 1–3 QPR“. BBC Sport (13-mart 2018-yil). Qaraldi: 31-mart 2018-yil.
  44. „Reading 1–0 QPR“. BBC Sport (30-mart 2018-yil). Qaraldi: 31-mart 2018-yil.
  45. „Swansea 2–1 Millwall“. BBC (3-oktabr 2020-yil). Qaraldi: 4-oktabr 2020-yil.
  46. „Jake Bidwell completes Coventry City transfer | Swansea“ (inglizcha). www.swanseacity.com. Qaraldi: 17-yanvar 2022-yil.
  47. „TRANSFER: Coventry City sign Jake Bidwell!“ (en-gb). www.ccfc.co.uk. Qaraldi: 17-yanvar 2022-yil.
  48. „Jake Bidwell“. TheFA.com. 2014-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-aprel 2014-yil.
  49. „ToffeeWeb – Everton Under-18s, 2008–09“. toffeeweb.com. Qaraldi: 2-yanvar 2018-yil.
  50. „Blues' England Success | Everton Football Club“. www.evertonfc.com. 2018-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 23-oktyabr.
  51. „Duo victorious with England“ (inglizcha). Nil Satis Nisi Optimum Archive. Qaraldi: 17-yanvar 2016-yil. [sayt ishlamaydi]
  52. „Games played by Jake Bidwell in 2010/2011“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 14-dekabr 2020-yil.
  53. „Games played by Jake Bidwell in 2016/2017“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 14-dekabr 2020-yil.
  54. „Games played by Jake Bidwell in 2017/2018“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 14-dekabr 2020-yil.
  55. „Games played by Jake Bidwell in 2018/2019“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 14-dekabr 2020-yil.
  56. „Games played by Jake Bidwell in 2019/2020“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 14-dekabr 2020-yil.
  57. „Games played by Jake Bidwell in 2020/2021“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 14-dekabr 2020-yil.
  58. 58,0 58,1 „Games played by Jake Bidwell in 2021/2022“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 15-yanvar 2022-yil.
  59. „Games played by Jake Bidwell in 2022/2023“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 31-iyul 2022-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]