Jaʼfar at-Tabriziy (olim)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jaʼfar at-Tabriziy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi milodiy 1873-yil (hijriy yi1290-l)
Vafoti milodiy 1906-yil (hijriy 1324-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi olim, faqih

Jaʼfar ibn Muhammad ibn Muhammad Jaʼfar at-Tabriziy (1873-yil (hijriy 1290-yil rabiulavval oyida tugʻilib, taxminan 1906-yil (hijriy 1324 -yil)da vafot etgan) — olim, fiqh ilmining usul sohasi bo‘yicha faqih bo‘lgan. Tabrizda tugʻilib, oʻsha yerda voyaga yetgan. So‘ngra Najafga ko‘chib o‘tib, u yerda o‘n yil istiqomat qilgan. Yana Tabrizga qaytib kelib, umrining soʻngiga qadar sharʼiy vazifalarni bajarish va kitoblar taʼlif etish bilan shug‘ullangan.

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Ravoyiʼu-l-usul“ („Usul bo‘yicha shohona asarlar“);
  • Maboniʼu-l-usul“ („Usulning manbalari“);
  • Daloilu-l-xayrot“ („Ezgulik dalillari“);
  • Kitobu-t-tahorat“(„Tahorat kitobi“);
  • Kitobu-s-salot“ („Namoz kitobi“)[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 77-78 bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.