Kontent qismiga oʻtish

Jaʼfar al-Marogʻay

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jaʼfar al-Marogʻay
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti milodiy 967-yil (hijriy 356-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi hadisshunos

Jaʼfar ibn Muhammad ibn al-Horis al-Marog‘ay (Abu Muhammad) (milodiy 967-yil (hijriy 356-yil)da vafot etgan) Nishopurda yashagan. Damashq va boshqa shaharlarda hadis eshitgan. Hadis talabida ko‘p yurtlarni kezgan, hadis to‘plovchilarning eng g‘ayratlisi va eng ko‘p hadis yiqqanlardan hisoblanadi. Oltmishdan ziyodroq yil davomida o‘z qo‘llari bilan hadislar yozib, bu mashg‘ulotini vafot topgunga qadar davom ettirgan. Eng ishonchli va eng sobit inson bo‘lgan. Bag‘dod, Basra, Kufa, Ahvaz, Misr, Movsul, Asqalon va boshqa yurtlarni kezib hadis eshitgan. U ulamolardan, ulamolar ham undan hadis rivoyat qilganlar[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 78 bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.