Ivan Poddubniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ivan Maksimovich Poddubniy
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi erkak
Taxallusi/Laqabi Buyuk Ivan
Tavallud sanasi 1871-yil 8-oktyabr
Rossiya imperiyasi Poltava gubernatorligi Zolotonosha uyezdi Krasenivka
Vafot sanasi 1949-yil 8-avgust
Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi Rossiya Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasi Krasnodar oʻlkasi Yeysk
Turmush oʻrtogʻi Antonina Nikolayevna Kvitko-Fomenko (1909–1920)[1]
Mariya Mashoshina (1923[1]–1949)

Ivan Maksimovich Poddubniy (ruscha: Ива́н Максимович Подду́бный; ukraincha: Іва́н Максимович Підду́бний; (1871-yil 26-sentyabr (8-oktyabr) – 1949-yil 8-avgust) – Rossiya imperiyasi va Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi professional kurashchisi.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ivan Poddubniy 1871-yilning Yuhanno kunida Rossiya imperiyasi Poltava gubernatorligining Zolotonosha okrugidagi (uyezd) Krasenivka qishlogʻida[2][3][4][5][6] Zaporojye kazaklari oilasida dunyoga kelgan (hozirgi Ukraina, Cherkassi viloyati, Zolotonosha tumani). Poddubniylar katta oilalardan biri boʻlib, oila boshliqlariga ularning barcha aʼzolarini boqish qiyinchilik tugʻdirardi, shu sababli Ivan 20 yoshida ota uyini tark etishga majbur boʻlgan[1]. U yoshligida Sevastopol va Feodosiya portlarida 7 yil slesar boʻlib ishlagan va Buyuk Ivan laqabini olgan[1]. Feodosiyada Ivan baʼzi kurash musobaqalarida qatnashgan[1]. Taxminan 1897[1]–1898-yillarda u sirk gastrollari bilan sayohat qilishni boshlagan va dastlab Sevastopolda, keyinroq Kiyev arenalarida chiqish qilgan[1].

1903-yilda Poddubniy Sankt-Peterburg atletik klubiga qoʻshilgan va ushbu klub bilan birgalikda Moskva va Parijdagi jahon chempionatlarida ishtirok etgan[1]. 1905-yilda Parijda oʻtkazilgan kurash boʻyicha Jahon chempionatida, keyinchalik Italiya, Jazoir, Belgiya, Berlinda gastrol safarlarida boʻlgan, shuningdek, Niceda boʻlib oʻtgan chempionatda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan[1]. 1906-yilda sportchi Parij va Milanda oʻtkazilgan yana ikkita Jahon kubogida gʻolib chiqqan[1].

1907-yilda Georg Hackenschmidt 4 nafar kuchli kurashchilarni tanlab oladi, ular Constant Le Marin, Stanislaus Zbyszko, Ivan Poddubniy va Joe Rogerslar edi. Ularning toʻrttalasi mohir kurashchilar boʻlib, Hackenschmidt ular orasidan eng kuchlisini eʼlon qilishi kerak edi. Bu esa turnir gʻolibini aniqlashga xizmat qiladi. Angliyada u Zbyszko va Poddubniy oʻrtasida boʻlib oʻtgan oʻyinga tashrif buyurgan, ushbu oʻyinda Zbyszko raqibining diskvalifikatsiya qilinishi orqali gʻalaba qozongan[7].

1910-yilda Krasenivkadagi uyiga qaytishdan oldin Poddubniy Vena, Parij va Frankfurtmaynda yana bir nechta jahon chempionatlarida gʻolib chiqqan[1].

Ivan bir necha bor yunon-rum kurashi boʻyicha professionallar oʻrtasida Jahon kubogini qoʻlga kiritgan, shu jumladan, ular orasidagi eng nufuzlilari Parijda oʻtkazilgan musobaqalar edi (1905–1908). Sportchi, shuningdek, 1925–1927-yillarda Germaniya va AQSHda oʻtkazilgan musobaqada ham ishtirok etgan[2].

Krasenivka muzeyidagi Poddubniy haqida berilgan maʼlumotlarga koʻra, sportchi musobaqalardan topgan pulini behuda sarflamagan. U uyiga qaytib kelganida 200 ha (22,000,000 kv. ft) maydonga ega yer, qoʻshni Bohoduxivka qishlogʻidagi ikkita uy, kichik doʻkon, chorvachilik doʻkoni, ikkita tegirmon sotib olgan, ushbu tegirmonlardan biri Orjitsiyada (hozirgi Poltava viloyatidagi shahar) joylashgan[1]. Taxminan oʻsha yillari Poddubniy birinchi turmushini qurgan. 1913-yilda Poddubniy Moskvada boʻlib oʻtgan Jahon kubogida ishtirok etgan va musobaqada 2-oʻrinni egallagan[1]. Oʻshanda Poddubniyning xotini uning erining oltin medallarini olib, uni tashlab ketgan[1].

Rostovdagi gastrol safari chogʻida Ivan ikkinchi turmushini uchratgan va u bilan 1923-yilda oila qurgan[1]. 1920-yillarda Poddubniy Nyu-York, Los-Anjeles, Filadelfiya, Chikago, San-Franciscoga tashriflari chogʻida magʻlubiyatsiz oʻyin olib borgan va Qoʻshma Shtatlar boʻylab sayohat qilgan.

1926-yil 2-fevralda Nyu-York shahrida Poddubniy kurash boʻyicha ogʻir vazn toifasida jahon chempioni Joe Stecherga qarshi oʻyinda magʻlubiyatga uchragan, bu esa Poddubniyning 25 yillik sport faoliyati davomidagi ilk magʻlubiyati hisoblangan[8]. 16-iyun kuni Los-Anjelesdagi Olimpiya auditoriyasida 10 000 tomoshabin oldida Stecher Poddubniyni yana bir bor magʻlub etgan[9].

Qoʻshma Shtatlardagi gastrol safari chogʻida Poddubniy raqibi bilan erkin kurash boʻyicha oʻyinga tushishga majbur boʻlgan. 56 yoshida sportchi Amerika Qoʻshma Shtatlarida oʻtkazilgan erkaklar oʻrtasidagi musobaqada eng kelishgan kurashchi sifatida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan[1]. Keyinchalik Ivan 70 yoshida nafaqaga chiqqan holda rus sirklarida chiqish qilishda davom etgan[1]. Faoliyati davomidagi soʻnggi chiqishi 1941-yilda Tula shahar sirkida boʻlgan. Nafaqaga chiqqanidan soʻng sportchi rafiqasi bilan Yeyskning Kuban shaharidan ikki qavatli, boʻgga ega uy sotib olib, oʻsha yerda hayotini davom ettirgan[1].

1939-yilning noyabr oyida Ivan Poddubniyga RSFSRda xizmat koʻrsatgan artist, 1945-yilda esa xizmat koʻrsatgan sport ustasi unvoni berilgan.

Fashistlar Germaniyasi istilosi vaqtida Ivan Poddubniy nemis kurashchilariga sport saboqlarini oʻrgatishdan va Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqini tark etishdan bosh tortgan[10].

Sportchining oxirgi jangi 70 yoshida boʻlgan. Keyinchalik faoliyatini tugatganidan soʻng, Poddubniy Azov dengiziga koʻchib oʻtgan va vafotiga qadar oʻsha yerda istiqomat qilgan[11]. Ivan Poddubniy sportchi Stanislaus Zbyszko bilan faoliyatining soʻngi yillariga qadar professional raqobatini davom ettirib kelgan. 1949-yil 8-avgustda 77 yoshda Janubiy federal okrugining Kuban viloyati Yeysk shahrida yurak xurujidan vafot etgan[1] va shahar tashqarisidagi bogʻda dafn etilgan. Uning qabri tepasida „Bu yerda rus bahodiri yotibdi“ deb yozilgan yodgorlik oʻrnatilgan.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ivan Poddubniyning birinchi xotini Antonina uni aldab, sportchining oltin medallarini oʻgʻirlagan holda boshqasi bilan qochib ketgan[1]. Keyinchalik Antonina oʻz qilmishidan pushaymon boʻlib, erining yoniga qaytishga uringan, lekin Poddubniy uni kechirmagan[1].

Krasenivka muzeyi direktorining soʻzlariga koʻra, Ivan Poddubniyning Motrona, Marina va Yevdokiya ismli uchta singlisi va Omelian, Mikita va Mitrofan ismli uchta ukasi boʻlgan[1]. Omelyan va Mikitaning taqdiri qanday kechgani nomaʼlum, Mitrofan esa Krasenivkada yashashni davom ettirgan va shu yerda 1966-yilda vafot etgan[1]. Ivan Poddubniyning Krasenivkada yashagan oxirgi qarindoshi uning nabirasi Hanna Zaxarovna boʻlib, u 2011-yildan oldinroq vafot etgan[1]. Singillari Motrona va Marinaning uch nafardan farzandlari boʻlgan, lekin Ivan koʻproq oʻz singlisi Yevdokiya va uning qizi Mariya bilan yaqin aloqada boʻlgan[1]. Keyinchalik, Yevdokiya qoʻshni Bohoduxivka qishlogʻiga, undan keyin Zolotonoshaga koʻchib oʻtgan[1].

Ivan Poddubniyning otasi Maksim Ivanovich Poddubniy edi[1]. Krasenivka muzeyi taqdim etgan maʼlumotlarga koʻra, sportchining boʻyi 180 cm (71 in), vazni 118 kg (260 lb), bitseps aylanasi 44 cm (17 in) va boʻyni 60 cm (24 in) boʻlgan[1].

Poddubniyning doʻstlari orasida Dniproda (Yekaterinoslav) yashagan Dmitriy Yavornitskiy ham bor edi.

Poddubniy tasviri tushirilgan Ukraina markasi

Chempionatlar, yutuqlar va mukofotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Merosi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Poddubniyning ona qishlogʻi Krasenivkada unga bagʻishlab bunyod etilgan yodgorlik mavjud[1]. Shuningdek, Petro Dusheyko (Chornobay tumani sobiq gubernatori) boshchiligidagi Ivan Poddubniy jamgʻarmasi ham mavjud[1]. Jamgʻarma 1998-yildan buyon har yili oʻtkazib kelinayotgan bahodirlar festivaliga homiylik qiladi[1]. 10 000 kishini oʻzida jamlagan ushbu festivalga bir marotaba Qozogʻistondan Ivan Poddubniyning nabirasi va katta nabirasi tashrif buyurgan[1].

  • Sobiq Respublika Jismoniy tarbiya oliy maktabi (Kiyev) 2015-yilda Poddubniy Olimpiya kollejiga oʻzgartirilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 1,12 1,13 1,14 1,15 1,16 1,17 1,18 1,19 1,20 1,21 1,22 1,23 1,24 1,25 1,26 1,27 1,28 1,29 1,30 1,31 Nikitenko, T. Bogatyr from Krasenivka. Ukrayina Moloda. 7 October 2011
  2. 2,0 2,1 Absolyutnaya sila Ivana. vokrugsveta.ru
  3. IVAN PODDUBNIY (Ivan Poddubny). history.vn.ua
  4. „Иван Поддубный в Екатеринославе позировал и дрался“. 2012-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 2-sentyabr.
  5. Nikolai Sukhomlin (16 March 2009) Bogatir Ivan PODDUBNIY: iz gruzchikov v chempioni. h.ua
  6. Ivan Poddubniy (Ivan Poddubny). ote4estvo.ru. 6 July 2011
  7. George, Hackenschmidt. The Path to Strength and Health (Ru). Moscow: Popov Brothers, 1911 — 102 bet. 
  8. „Ludington Daily News - Поиск в архиве Google Новостей“. news.google.com. Qaraldi: 2022-yil 17-oktyabr.
  9. „ED "STRANGLER" LEWIS. Facts within a Myth“. Los Angeles Herald (1926-yil 17-iyul).
  10. Silniy mira sego: pochemu ot Ivana Poddubnogo sbejala jena, i zachem bores rabotal vishibaloy v bare. Argumenty i Fakty
  11. https://ipoltavets.com/uk/eternal-poltavskyj-atlet-czyrkach-z-nelyudskoyu-syloyu-ivan-piddubnyj
  12. „Иван Максимович Поддубный -наш великий земляк (Ivan Maksimovich Piddubny – Our Great Countryman)“. Tourism Website "My Eisk". Qaraldi: 2014-yil 9-sentyabr.
  13. „3 россиянина, награждённые орденом Почётного легиона за необычные заслуги (3 Russians Awarded Légion d'honneur for Unusual Merits)“. Russian Daily "Sobesednik" (2013-yil 16-avgust). Qaraldi: 2014-yil 9-sentyabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]