Ivan Denisovichning bir kuni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Ivan Denisovichning bir kuni
Один день Ивана Денисовича
One day in the life of I D.JPG
Inglizcha nashr muqovasi
Muallif Aleksandr Soljenitsin
Janr qissa
Til rus
Nashr qilingan yil 1962

„Ivan Denisovichning bir kuni“ (rus. Один день Ивана Денисовича) — rus yozuvchisi Aleksandr Soljenitsin qalamiga mansub qissa. Muallif boshida asarni „Sh-854“ (rus. Щ-854) deb atagan. Asardagi hodisalar 1950-yillarda sovet mehnat lagerida sodir boʻladi va oddiy mahbus Ivan Denisovichning u yerda oʻtkazgan bir kuni haqida hikoya qiladi.

Soljenitsin asarni 1959-yil yozgan. Ilk bor 1962-yil „Noviy mir“ jurnalida chop etilgan. Soljenitsin asarni hikoya oʻlaroq taʼriflagan, ammo jurnal muharrirlari uni qissa deb nashr qilishgan. Gʻarb mamlakatlarida „Ivan Denisovichning bir kuni“ roman oʻlaroq yuritiladi.

Qissaning nashr qilinishi Sovet adabiyoti tarixida katta ahamiyatga ega, chunki mamlakatda undan avval biror marta ham Iosif Stalin repressiyasi ochiq muhokama qilinmagan. „Noviy mir“ jurnali bosh muharriri Aleksandr Tvardovskiy jurnal oʻquvchilarini asarga tayyorlash uchun „Kirish soʻz oʻrnida“ deb ataluvchi qisqa muqaddima yozgan.

„Ivan Denisovichning bir kuni“ muallifga xalqaro shuhrat olib kelgan. Adabiyotshunoslar asar butun Sovet Ittifoqi tarixini oʻzgartirgan, deb hisoblaydi. Qissa dunyonig bir necha tiliga tarjima qilingan.

Syujet[tahrir]

Asardagi voqealar 1950-yillarda, sovet mehnat lagerida sodir boʻladi. Bosh qahramon Ivan Denisovich Shuxov (rus. Иван Денисович Шухов) 40 yoshlardagi rus aksaridir. U jinoyatchi emas, balki Stalin repressiyasi qurbonidir. Ikkinchi jahon urushida Shuxovni fashistlar asir oladi, ammo u qochib ketishga muvaffaq boʻladi. Ammo sovet rasmiylari uni sotqinlikda ayblab, 10 yilga qamashadi.

Shuxof lagerdan chiqishiga koʻzi yetmaydi, chunki odatda rasmiylar mahbuslar qamalgan muddatni uzaytirib qoʻyishadi. Asarda Shuxovning qamoqdagi oddiy bir kuni haqida hikoya qilinadi. Boshqalar bilan sovuq barakda yashashi, qanda kiyinishi, uxlashi, ovqatlanishi va issiqlik elektr stantsiyasi qurilishida ishlashi haqida hikoya qilinadi. Asar yakunida Shuxovni ozodlikka chiqarishadi. Uning keyingi hayoti oʻquvchiga nomaʼlumligicha qoladi.

Qahramonlar[tahrir]

  • Ivan Denisovich Shuxov (rus. Иван Денисович Шухов) – bosh qahramon, mahbus, 104-mahbuslar brigadasi aʼzosi
  • Alyosha (rus. Алёша) – baptist
  • Gopchik (rus. Гопчик) – yosh mahbus
  • Andrey Prokofyevich Tyurin (rus. Андрей Прокофьевич Тюрин) – 104-mahbuslar brigadasi yetakchisi
  • Fetyukov (rus. Фетюков) – obroʻ-eʼtiborsiz mahbus
  • Sezar Markovich (rus. Цезарь Маркович) – qamalgan rejissor
  • Buynovskiy (rus. Буйновский) – sobiq kapitan
  • Pavlo (rus. Павло) – Tyurin yordamchisi
  • Ivan Kildigs (rus. Кильдигс) – latviyalik mahbus
  • Senka Klevshin (rus. Сенька Клевшин) – kar mahbus

Havolalar[tahrir]