Kontent qismiga oʻtish

Ittikanak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ittikanak (Bidens) — qoqidoshlar oilasiga mansub bir yillik oʻtlar turkumi. Boʻyi 15-60 sm, barglari qanotsimon, qisqa bandli. Qarama-qarshi joylashgan. Gullari sariq, savatchaga toʻplangan. Mevasi pistacha. Oʻzbekistonda 1 turi oʻtloqlarda, ariq boʻylarida, ekinlar orasida usadi. Tarkibida karotin, S vitamin, efir moyi, oshlovchi boʻyoq, shilimshiq va boshqa moddalar bor. Xalq tabobatida bolalarning diatez kasalligini davolashda ishlatiladi. Tibbiyotda ovqatni hazm qildiruvchi, siydik haydovchi va ter chiqaruvchi dori sifatida, baʼzi teri kasalliklari (ekzema)ni davolashda qoʻllanadi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil