Italyancha Vikipediya
![]() | |
| Web-manzil | it.wikipedia.org |
|---|---|
| Interwiki | it |
| Asosiy boʻlim | jami 285 tilda |
| Asos solingan sana | may, 2001 |
| Maqolalar soni | 1 972 942 |
| Egasi | Wikimedia |
| Litsenziya | erkin |
| Reklama | yoʻq |
Italyancha Vikipediya (italyancha: Wikipedia in italiano) - Vikipediyaning italyan tilidagi boʻlimi. 2001-yil 11-mayda tashkil etilgan.[1] Hozir 1 972 942 dan ortiq maqolaga ega. Maqolalari soni boʻyicha 5-oʻrinda turadi (inglizcha, olmoncha, fransuzcha va niderlandcha Vikipediyalardan keyin).[2]

2011-yil 4—6-oktyabr kunlari italyancha Vikipediya Italiya parlamenti koʻrib chiqayotgan senzura qonun loyihasiga eʼtiroz sifatida yopildi. Bu vaqt davomida maqolalar yashirilib, faqat italyancha Vikipediya foydalanuvchilari yozgan manifest koʻrsatildi.[3][4] Bunday eʼtiroz amallari keyinchalik inglizcha va ruscha Vikipediyalarda ham amalga oshirildi.
2013-yil 22-yanvarida italyancha Vikipediyada millioninchi maqola yozildi.[5]
Hozirgi holati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2026-yil 9-iyun boʻyicha italyancha Vikipediyada 1 972 942 maqola mavjud. 3 036 959 foydalanuvchi roʻyxatdan oʻtgan, ularning 30 106 nafari oxirgi oy ichida kamida bitta tahrir qilgan, 104 foydalanuvchi esa administrator. Jami tahrirlar soni — 150 751 562. Teranligi (bugun): 205.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ New language wikis, Wikipedia-l mailing list.
- ↑ List of Wikipedias
- ↑ „Wikimedia blog » Blog Archive » Regarding recent events on Italian Wikipedia“. Blog.wikimedia.org. Qaraldi: 2011-yil 5-oktyabr.
- ↑ „Intercettazioni, Wikipedia protesta – Homepage in bianco: "Inaccettabile ddl"“ (Italian). la Repubblica (4-oktyabr 2011-yil). Qaraldi: 4-oktyabr 2011-yil. (arxiv, WebCite)
- ↑ Wikimedia News
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
| Vikipediyaga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
