Arabcha Vikipediya
![]() | |
Web-manzil | ar.wikipedia.org |
---|---|
Interwiki | Bosh sahifa |
Asosiy boʻlim | jami 285 tilda |
Asos solingan sana | iyul 2003-yil |
Maqolalar soni | 1 105 561 |
Egasi | Wikimedia |
Litsenziya | erkin |
Reklama | yoʻq |
Arabcha Vikipediya (arabcha: الويكيبيديا العربية Arabcha Vikipediya yoki arabcha: ويكيبيديا الموسوعة الحرّة Vikipediya — ochiq ensiklopediya) — Vikipediyaning arab tilidagi boʻlimi. Arab Vikipediyasi lotin alifbosini foydalanmaydigan eng yirik boʻlimlarining biridir.
2012-yilning dekabr oyining boshida Arabcha Vikipediya vikipediya boʻlimlarining orasida 24-oʻrinda, teranligi boʻyicha esa 100 000 maqoladan ziyod boʻlimlarning orasida ikkinchi oʻrinni egalladi[1].
Alexa.com-ning statistikasi boʻyicha Arabcha Vikipediya saytning mehmonlari soni boʻyicha Vikipediya boʻlimlarining orasida 11-oʻrinni egallab, xitoycha va polyakcha vikipediyadan keyingi safga joylashdi (wikipedia.org saytiga kiruvchilarning 0,74 %[2]).
Arab Vikipediyasining turi boshqa Vikipediyalardan oʻzgachadir, sababi arab alifbosi oʻngdan chapga yozilganidan, u „doimiy“ shaklning qarama-qarshi turidir. Shuningdek Arabcha Vikipediyada fon tasviri sifatida kitob emas, arabeska foydalaniladi (tasviri)[3].
2008-yilning 2-aprelida Vikipediyada arab tilining dialektі — misr-arab tilida Misr-arabcha Vikipediya oʻz faoliyatini boshladi.

Hozirgi ahvoli[tahrir]
2021-yil 8-Mart boʻyicha Arabcha Vikipediyada 1 105 561 maqolalar mavjud. 2 041 760 foydalanuvchi roʻyxatdan oʻtgan, ularning 9 436 nafari oxirgi oy ichida kamida bitta tahrir qilgan, 26 foydalanuvchi esa administrator. Jami tahrirlar soni — 52 868 084. Teranligi (bugun): 223
Statistik tarixi[tahrir]
- Sentyabr 2001-yil — birinchi maqola.
- 31-dekabr 2007-yil — 50 000 maqola.
- 25-may 2009-yil — 100 000 maqola.
- 27-iyun 2011-yil — 150 000 maqola.
- 21-oktyabr 2012-yil — 200 000 maqola.
Manbalar[tahrir]
- ↑ S23 wikistats — List of wikipedias, archived from the original on 2016-10-25, https://web.archive.org/web/20161025143330/http://s23.org/wikistats/wikipedias_html.php, qaraldi: 2013-05-24
- ↑ Alexa.com statistikasi — wikipedia.org
- ↑ Wikimedia Traffic Analysis Report
Havolalar[tahrir]
|