Kontent qismiga oʻtish

Niderlandcha Vikipediya

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Favicon of Wikipedia Niderlandcha Vikipediya
Nederlandstalige Wikipedia
WikipediaNL-20100701.png
Web-manzil nl.wikipedia.org
Interwiki Bosh sahifa
Asosiy boʻlim jami 285 tilda
Asos solingan sana 2001-yil 19-iyun
Maqolalar soni 2 226 789
Egasi Wikimedia
Litsenziya erkin
Reklama yoʻq

Niderlandcha Vikipediya (niderlandcha: Nederlandstalige Wikipedia) — Vikipediyaning niderland tilidagi boʻlimi.

Boʻlim 2001-yil 19-iyunda oʻz faoliyatini boshladi va 2005-yili maqolalar soni 100 mingga yetdi. Niderlandcha Vikipediyaning faollik choʻqqisi 2006-yilning oʻrtalarida boʻldi, olti haftada botlar yordamida Fransiya kommunalari boʻyicha 35 ming maqola qoʻshildi.[1]. 2011-yilning oxirlarida 90 kun ichida biologik turlar boʻyicha 250 mingdan ziyod hajmi 1 Kb qisqa maqolalarni botlar yordamida qoʻshdi.[2][3][4]. 2011-yili 17-dekabrda boʻlimning maqolalar soni 1 milliondan oshdi, soʻngi 50 000 maqola 4 kunda yozildi, shu koʻrsatgich bilan maqola soni boʻyicha Vikipediya boʻlimlari orasida toʻrtinchi oʻringa koʻtarildi, boshqa parametrlar boʻyicha orqada qoldi. Shunday maqolalarning botlar bilan qoʻshilishining natijasida Niderlandcha Vikipediya teranligini tushurib yubordi.

2008-yili 30 noyabrda Niderlandcha Vikipediyada yarim millioninchi maqola yozildi

Hozirgi ahvoli

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Niderlandcha Vikipediyaning oʻsishi

2026-yil 16-sentyabr boʻyicha Niderlandcha Vikipediyada 2 226 789 maqolalar mavjud. 1 615 305 foydalanuvchi roʻyxatdan oʻtgan, ularning 7 563 nafari oxirgi oy ichida kamida bitta tahrir qilgan, 32 foydalanuvchi esa administrator. Jami tahrirlar soni — 71 773 737. Teranligi (bugun): 20

SanaMaqola soniKuniga maqola
yozilishi
Bayramona maqolalar
19.06.200111
03.08.200310 00013
07.02.200420 00053
27.06.200430 00071
08.11.200440 00075
27.01.200550 000125
23.03.200560 000182
16.05.200570 000185
17.07.200580 000161
07.09.200590 000192
14.10.2005100 000270
30.11.2005110 000213
05.01.2006120 000278
06.02.2006130 000313
01.03.2006140 000435
18.03.2006150 000588
02.04.2006160 000667
13.04.2006170 000909
28.04.2006180 000667
08.05.2006190 0001000
24.05.2006200 000625
04.07.2006210 000244
16.08.2006220 000233
28.09.2006230 000233
16.11.2006240 000204
26.12.2006250 000250
01.01.2007260 0001667
05.02.2007270 000286
04.03.2007280 000370
18.04.2007290 000222
29.05.2007300 000244
20.06.2007310 000434
22.07.2007320 000313
27.08.2007330 000278
10.09.2007340 000714
15.09.2007350 0002000
25.09.2007360 0001000
11.10.2007370 000625
17.11.2007380 000270
25.12.2007390 000263
17.01.2008400 000435
18.02.2008410 000323
30.11.2008500 000315nl:McLeod Ganj
30.07.2009550 000205
30.04.2010600 000182nl:Ramphodon
07.11.2010650 000262
19.06.2011700 000222nl:Anomalopsychidae
18.09.2011750 000549
22.10.2011800 0001471nl:Orkaan Gilbert
31.10.2011850 0005555
07.12.2011900 0001351nl:Wat Intharawihan
13.12.2011950 0008333
17.12.20111 000 00012500nl:Antal Újváry
23.06.20121 050 000265
15.09.20121 100 000617

Niderlandcha Vikipediyaning publikatsiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]