Ispaniya Sahroi Kabiri

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sahroi Kabir provinsiyasi
ispancha: Provincia del Sáhara
arabcha: إقليم الصحراء
As-Sahrā'a Al-Isbānīyah
Mustamlaka (1884–1958) va
Ispaniya provinsiyasi (1958–1976) of Ispaniya
1884-yil–1976-yil

Yashil: Ispaniya Sahroi Kabiri
Och kulrang: Boshqa Ispan mulklari
Toʻq kulrang: Ispaniya
Anthem
Marcha Real
Maʼmuriy markazVilla Cisneros (1884–1940)
Aayyun (1940–1976)
Population 
• 1970[1]
15,600 yevropalik
• 1974[1]
66,925 sahroviylar
Government
 • TypeIspaniya mustamlaka hukumati
General-Gubernator 
• 1884–1902 (birinchi)
Emilio Bonelli
• 1974–1976 (oxirgi)
F. Gómez de Salazar
Tarixiy davrYangi imperializm, Birinchi jahon urushi, Ikkinchi jahon urushi, Sovuq urush
26-dekabr 1884-yil
14-noyabr 1975-yil
27-fevral 1976-yil
Today part ofGʻarbiy Sahroi Kabir

Ispaniya Sahroi Kabiri (ispancha: Sahara Español) — Sahroi Kabirning g‘arbiy qismida joylashgan. Ispaniya mustamlakasi bo‘lgan bu mamlakat ikki qismdan Rio-de-Oro va Sag‘iyat-al-Xamro deb atalgan hududlardan iborat. Mamlakat Mavritaniya va Ifni bilan chegaradosh. G‘arbiy qismi esa Atlantik okeaniga tutash. Maydoni taxminan 267 ming kvadrat kilometr, aholisi 625 mingdan ziyod. Aholi asosan arab-barbarlardan tashkil topgan. Markazi Vilya-Sisneros shahri.

Tabiati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sathi – okean sohilidan Atlas tog‘lari tomon ko‘tarilib boradigan past tekisliklardan iborat. Mamlakat hududining katta qismini dasht-sahrolar qoplagan. Iqlimi juda issiq. Doimiy oqib turadigan daryolar yo‘q. O‘simlik va hayvonot dunyosiga boy emas.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mahalliy aholi uzoq zamonlardan beri ispan bosqinchilariga qarshi kurashib kelgan. Osiyo va Afrikada yuz berayotgan katta o‘zgarishlardan ruhlangan arablar mustaqillik talab qildilar. Ispaniya mustamlakachilari harbiy-strategik jihatdan qulay joylashgan bu mamlakatdan ketmaslikka ko‘p urindilar. Biroq erksevar arablar to‘la g‘alabaga erishmaguncha kurashishga ahd qildilar. Keyingi yillarda milliy-ozodlik kurashi kuchayib bordi.

Xoʻjaligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ispaniya Sahron Kabiri g‘oyat qoloq mamlakat. Aholi chorvachilik va baliqchilik bilan shug‘ullanadi. Vohalarda don ekinlari yetishtiriladi. Xalqning tirikchiligi g‘oyat og‘ir. Keyingi vaqtlarda AQSH mustamlakacholari mamlakatni harbiy platsdarmga aylantirdilar[2].

Manba[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Díaz Hernández, Ramón; Domínguez Mujica, Josefina; Parreño Castellano, Juan Manuel (2014). „Gestión de la población y desarrollo urbano en el Sahara Occidental: un análisis comparado de la colonización española (1950–1975) y de la ocupación marroquí (1975–2013)“ [Population management and urban development in the Western Sahara: a comparative analysis of the Spanish colonization (1950-1975) and of the Moroccan occupation (1975-2013)]. Scripta Nova (ispancha). XVIII-jild, № 493 [43]. University of Barcelona. ISSN 1138-9788.
  2. Sarvar Azimov. Jahondagi mamlakatlar. Qisqacha siyosiy va iqtisodiy maʼlumotlar (1962) — 271- bet. 

.