Ismatulla Abdullayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ismatulla Abdullayev (1927.10.3, Namangan) – sharqshunos, manbashunos olim. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1989), filol. fanlari doktori (1979). Namangan o‘qituvchilar institutini (1944), O‘rta Osiyo davlat universitetining sharq fakultetini tamomlagan (1951). Namangan pedagogika institutida o‘qituvchi (1951–57), O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Shark-shunoslik institutida ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, yetakchi ilmiy xodim (1957–92), Namangan davlat universitetida kafedra mudiri (1993 yildan). Ilmiy faoliyati Movarounnahr va Xuroson shoirlarining arab tilidagi 10–11-asr boshlaridagi she’riyatiga bag‘ishlangan. Abdullayev arab tilidagi bir qator ilmiy hamda hozirgi zamon arab yozuvchilari (Abdurahmon al-Hamisiy, Abdurahmon ash-Sharqoviy, Usoma ibn Munqiz va boshqalar)ning badiiy asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1989).As: Buxoroning arabiynavis shoirlari, 1965; Abu Mansur as-Saolibiy, 1972.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil