Ismatilla Ergashev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Ismatilla Ergashev
Asl ismi Исматилла Эргашев
Tugʻilishi 24-sentabr 1960 (1960-09-24) (59 yosh)
Universitet Oʻzbekiston Milliy Universiteti

Ismatilla Raimovich Ergashev — Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari[1].

Biografiya[tahrir]

  • 1960-yil 24-sentabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan.
  • 1982-yilda Toshkent universitetini „Sharqshunos-filolog, dari va ingliz tillari o‘qituvchisi“ mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.
  • 1982-1984 — harbiy xizmat (Afg‘oniston)
  • 1984-1992 — harbiy bilim yurtida chet tili o‘qituvchisi
  • 1992-1994 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Shartnoma-huquq boshqarmasi 2-kotibi
  • 1994-1994 — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Osiyo va Afrika bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari — sektor mudiri
  • 1994-1996 — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Davlat protokoli boshqarmasi boshlig‘i
  • 1996-1999 — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari
  • 1999-2003 — O‘zbekiston Respublikasining Xitoydagi Favqulodda va Muxtor elchisi hamda o ‘rindoshlik asosida qarorgohi Pekinda joylashgan Mongoliya va KXDRdagi Favqulodda va Muxtor elchi
  • 2003-2004 — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili
  • 2004-2012 — O‘zbekiston Respublikasining Ozarbayjondagi Favqulodda va Muxtor elchisi
  • 2012-2017 — Xalqaro kurash assotsiatsiyasi prezidentining maslahatchisi, xalqaro kompaniya prezidentining maslahatchisi
  • 2017-yil 24-maydan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili
  • Favqulodda va Muxtor elchi diplomatik martabasiga ega.
  • Fors, ingliz va turk tillarini biladi.
  • Oilali, besh nafar farzandi bor[2].

Manbalar[tahrir]