Islom Azad universiteti (Oksford)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Islom Azad universiteti (Oksford)
(AUO)
Asos solingan 2004 (20 yil avval) (2004)
Oʻquv yurti turi xususiy universitet
Manzili Oksford, Angliya
Vebsayti auo.org.uk

Koordinatalari: 51°45′50.000003999989″N 1°21′20.000016″W / 51.76388888999999693°N 1.35555556000°W / 51.76388888999999693; -1.35555556000 G O


Islom Azad universiteti (AUO) Oksforddagi universitet kampusi boʻlib, u Erondagi Islom Azad universitetining Angliyadagi filiali hisoblanadi.

AUO 2004-yilda Islom Azad universitetining xalqaro hamkorlik hamda taʼlim va madaniy almashinuvining global hamjamiyatini yaratish missiyasi doirasida tashkil etilgan. U Erondagi yirik xususiy universitet tomonidan Yevropadagi birinchi oliy taʼlim tashabbuslaridan biri hisoblanadi. Islom Azad universitetida bir milliondan ortiq talaba va 30 000 dan ortiq xodimlar faoliyat olib boradi. Uning bir qator oʻqituvchilariga AUO va Buyuk Britaniyadagi hamkor universitetlarida PhD darajasida ishlash orqali malakalarini mustahkamlash uchun oʻquv stipendiyalari taqdim etiladi.

Institut bakalavriat[1], aspirantura[2] va tadqiqot darajalari[3], hamda ingliz tili boʻyicha qisqa kurslarda oʻqishlikni taklif etadi[4].

AUO talabalar soni boʻyicha dunyodagi eng yirik universitetdan biridir. AUO Oksford oʻz faoliyatini 2004-yil iyul oyida Islom Azad universitetining Yevropadagi birinchi kampusi sifatida boshlagan. AUO Farmoor hududida, Oksford markazidan besh mil gʻarbda joylashgan.

AUO bakalavriat, magistratura va aspirantura, diplom va ilgʻor diplom darajalari hamda qisqa kurslar boʻyicha stipendiyalar va akademik dasturlarni taklif etadi.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. AUO Undergraduate (Wayback Machine saytida January 18, 2009, sanasida arxivlangan)
  2. AUO Postgraduate (Wayback Machine saytida March 8, 2009, sanasida arxivlangan)
  3. AUO Research (Wayback Machine saytida March 12, 2009, sanasida arxivlangan)
  4. AUO Short Courses (Wayback Machine saytida January 18, 2009, sanasida arxivlangan)

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]