Chinor tagidagi duel
„Chinor tagidagi duel“ | |
---|---|
Rejissyor(lar) | Melis Abzalov |
Ssenariynavis(lar) | Rixsivoy Muhammadjonov |
Rollarda |
Rashid Malikov Jalol Yusupov Hamza Umarov Obidjon Yunusov Feruza Arifxonova Asanqul Quttubaev Manzura Rahimxoʻjaeva Abror Tursunov Husan Sharipov Oʻktam Luqmonova |
Bastakor(lar) | Yevgeniy Shiryaev |
Postanovkachi rassom(lar) |
Sadriddin Ziyomuxammedov |
Studiya(lar) | „Lenfilm“ |
Chiqarilgan sanasi | 1979 |
Davomiyligi | 63 minut |
Mamlakat | Oʻzbek SSR |
Til | oʻzbekcha |
„Chinor tagidagi duel“ (Shuningdek, „Chinor ostidagi duel“, ruscha: Дуэль под чинарой, inglizcha: The Duel under a Plane Tree)[1] — 1979-yil rejissor Melis Abzalov tomonidan suratga olingan oʻzbek sovet filmi. Filmning ssenariy muallifi Rixsivoy Muhammadjonovdir[2]. Film voqealari asosan Jizzax viloyatining Forish tumanida kechgan[3].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1971-yil Melis Abzalov Moskva shahridan mashhur Georgiy Daneliya kursida saboq olib qaytgach, bir necha yildan keyin kino olamidagi ilk mustaqil ishi sanalgan „Chinor ostidagi duel“ filmini suratga olish ishlarini boshlab yuboradi[4]. Nortoy roli uchun eʼlon qilingan kastingda oʻsha davr uchun mashhur boʻlgan Behzod Hamroyev, Xamza Umarovning oʻgʻli Shuhrat Umarov qatnashgan. Georgiy Daneliya maslahati bilan Nortoy roli uchun Rashid Malikov nomzodi tanlangan.
Mavzusi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Universitetga oʻqishga kirishga boʻlgan urinishlari muvaffaqiyatsizlik bilan tugagach, yosh yigitcha — Nortoy, Toshkent shahridan oʻzi tugʻilib oʻsgan qishloqqa qaytib, ota kasbi boʻlgan choʻponlik bilan mashgʻul boʻladi. Nortoy soʻqqabosh otasini uylantirishga koʻndirmoqchi boʻlib, qishloq xamshirasini otasi xasta boʻlib qolgani haqidagi yolgʻon bilan uyga chaqiradi. U, shuningdek, butun javobgarlikni oʻz zimmasiga olib, sevgan qizi Oʻgʻiloyning uyiga sovchilikga boradi. Uning ezgu maqsad yoʻlida qilgan harakatlari turli koʻngilsizliklarga sabab boʻladi.
Nortoy otasiga qilingan haqoratlar ortidan qishloq raisini duelga chaqiradi. Yosh yigit vaqt oʻtishi bilan oʻz ishiga mehr qoʻya borishi sababli oʻqish haqida oʻylashni deyarli toʻxtatadi. Ammo uning otasi, keksa choʻpon, sobiq front askari, oʻgʻlini bilim olish zarurligiga ishontiradi. Keyingi yil Nortoy sevgan qizi Oʻgʻiloy bilan oʻqish maqsadida Toshkentga boradi[5]. Nortoy film avvalida va soʻnggida Alisher Navoiy teatri yonida dastlab yakka oʻzi, keyin Oʻgʻiloy bilan favvora ichida suratga tushgan. Oʻsha jarayon mobaynida aytilgan: „Taniyman, Parijdan bular“ jumlasi ancha mashur[3].
Dublyaji
[tahrir | manbasini tahrirlash]Film „Lenfilm“ kinostudiyasida dublyaj qilingan.
Rollarda
[tahrir | manbasini tahrirlash]Filmda Rashid Malikov, Jalol Yusupov, Hamza Umarov, Obidjon Yunusov, Firuza Arifxonova, Asanqul Quttubaev, Manzura Rahimxoʻjaeva, Abror Tursunov, Husan Sharipov, Oʻktam Luqmonova kabi aktyor va aktrisalar oʻrin egallagan[6].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ uz, Kun „Klara Jalilova, 82, died“ (en). Kun.uz. Qaraldi: 2024-yil 11-aprel.
- ↑ uz, Daryo „“Chinor ostidagi duel”, “Suyunchi”, “Abdullajon” filmlari ssenariy muallifi Rixsivoy Muhammadjonov vafot etdi“ (uz-latn). Daryo.uz (2019-yil 22-mart). Qaraldi: 2024-yil 11-aprel.
- ↑ 3,0 3,1 „"Skver", Komsomol koʻli, Oʻrda: "Eski Toshkent" oʻzbek filmlarida — Toshkent Afishasi“ (uz-Latn). www.afisha.uz (2024-yil 4-aprel). Qaraldi: 2024-yil 11-aprel.
- ↑ uz, Daryo „Pasportdagi ismi boshqa bo‘lgan, bir umr shlyapa kiygan, Shvetsiyada dafn etilgan. O‘zbek kinosi asoschilaridan biri, rejissor Melis Abzalovni xotirlab“ (uz-latn). Daryo.uz (2021-yil 18-noyabr). Qaraldi: 2024-yil 11-aprel.
- ↑ «Chinor tagidagi duel» (Чинор тагидаги дуэль, melodrama, family, ussr, 1979) | iTV.uz — TV, movies and series in TAS-IX in best quality..
- ↑ Дуэль под чинарой (1979).