Isʼhoqxon Ibrat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Isʼhoqxon Ibrat
Tugʻilishi 1862
Vafoti 1937
Fuqaroligi Oʻzbekiston

Is’hoqxon Ibrat (1862-1937) – maʼrifatparvar shoir, zabardast tilshunos, tarixshunos olim, ilk o’zbek matbuotchilaridan bo’lib, 1862-yilda Namangan yaqinidagi To’raqoʻrgʻon qishlogʻida tugʻilgan. Dastlabki maʼlumotni eski maktabda, soʻngra onasining qoʻlida oladi. Keyinroq Qoʻqonga borib madrasaga o’qishga kiradi.

Is’hoqxon Ibrat 1886-yilda madrasani tugatib, To’raqoʻrgʻonga qaytib keladi. U o’z faoliyatini pedagog sifatida qishloqda maʼrifat tarqatish bilan boshladi. 0’sha yili eski mahalliy maktablardan ancha farq qiluvchi yangicha maktab ochadi.Qo‘qondagi Muhammad Siddiq Tunqotar madrasasida o‘qigan (1878—86). O‘z she’rlari («Tarixi chopxona», «Madaniyat haqida masnaviy», «Gazeta xususida», «Qalam»)da mahalliy va chor amaldorlari kirdikorlarini fosh etgan («Ilmi Ibrat», she’riy to‘plam, 1909). Ibrat arab, fors, hind, turk, o‘zbek va rus so‘zlaridan tarkib topgan «Lug‘at sitta as-sina» («Olti tilli lug‘at», T., 1901) tuzgan, bu asar o‘sha davr uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Ibratning yozuvlar tarixiga oid «Jome’ ul-hutut» («Xatlar majmui», 1912) asarida lotin, yunon, xitoy, hind, arab, Kirill yozuvining kelib chiqishi, rivojlanish tarixi haqida ma’lumot berilgan, ilmiy-tarixiy asarlari («Tarixi Farg‘ona», 1916; «Tarixi madaniyat», 1925; «Mezon uz-zamon», 1926) esa Qo‘qon xonligining vujudga kelishidan to 20-asr 30-yillarigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga olgan. Ibrat «Turkiston viloyati gazeti», «Sadoi Turkiston», «Sadoi Farg‘ona» gazetalariga yozgan maqolalarida fan, ma’rifat va madaniyatni targ‘ib etgan. 1937 yilda qatag‘on qurboni bo‘lgan. Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 14-o‘rta maktab va Toshkentdagi bir ko‘chaga Ibrat nomi berilgan.

Is’hoqxon Ibrat 1887-yilda haj safariga otlanadi. Soʻng u Sharq mamlakatlari bo’ylab sayohatni davom ettiradi. Yevropaning Istanbul, Sofiya, Afina, Rim kabi markaziy shaharlarida bo’ldi, ancha vaqt Jidda shahrida istiqomat qiladi, Bombey va Kalkuttada yashaydi. Is’hoqxon u yerlarda koʻr ishlatiladigan arab, fors, hind va ingliz tillarini mukammal o’rgandi. U 1896-yilda o’z vataniga qaytib keldi. 1901-yilda „Lugʻati sitta-alsina“ asarini bosmadan chiqaradi. Mazkur lugʻat jadid maktablarida sharq va rus tillarini o’rganishda birdan bir qoʻllanma sifatida foydalanib kelindi.

Is’hoqxon Ibrat 1912-yilda yozuvlar tarixiga bagʻishlangan „Jomeʼ ul-xutut“ („Yozuvlar majmuasi“) asarini yaratdi va o’z matbaasi „Matbaayi Is’hoqiya“da bosmadan chiqardi. Ibrat chin qalbdan o’z xalqining ilmli, maʼrifatli bo’lishini istadi. Keyingi 20 yil ichida 14 ta ilmiy-:,. tarixiy, lingvistik asar yozdi. 30 yillik poetik ijodining majmuyi bo’lmish „Devoni Ibrat“ sheʼrlar toʻplamini tuzdi. Tarixshunoslikka oid „Tarixi Fargʻopa“, „Tarixi madaniyat“ va „Mezon uz-zamon“ ilmiy asarlarini yaratdi.

Ibratning soʻnggi yillardagi hayoti ancha tahlikali o’tdi. 1935-yildan u hamma lavozimlardan olib tashlandi. 1937-yilning aprel oyida 75 yoshli keksa shoir va maʼrifatparvarni hibsga oladilar. Ibrat Andijon turmasida vafot etadi. Is’hoqxon Ibrat qabrining qayerdaligi nomaʼlum.