Isʼhoq an-Nasaviy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Isʼhoq an-Nasaviy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi milodiy 906-yil (hijriy 293-yil)
Vafoti milodiy 985-yil (hijriy 374-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi roviy

(Abu Yaʼqub) Isʼhoq ibn Saʼd ibn al-Hasan ibn Sufyon an-Nasaviy (hijriy 293-yil ramazon oyida (milodiy 906-yil) tug‘ilgan, 374-hijriy yil (milodiy 985-yil) Nasoda vafot etgan) al-Hasan ibn Sufyonning nabirasi. Ishonchli roviy bo‘lgan. Xuroson va Iroqda hadis rivoyat qilgan. Undan (yaʼni, u rivoyat qilgan hadislardan) Abul Hasanad-Doraqutniy tanlab olgan hadislarni odamlar yozib olganlar. U 371-hijriy yilda Bag‘dodda hadis rivoyat qilgan. Bobosi al-Hasan va boshqalardan hadis rivoyat qilgan. U ulamolardan, ulamolar ham undan hadis rivoyat qilganlar[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 94 bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.