Irratsionalizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Irratsionalizm (lot. irrationalis -aqlga zid, gʻayrishuuriy) — bilish jarayonida aklning imkoniyatlarini cheklaydigan yoki inkor etadigan fal-safiy oqim; falsafada ratsionalizmga zid boʻlgan oqimlar nomi. Dunyoni bilishda inson maʼnaviy hayotining tafakkurdan tashqari tomonlari: iroda, bevosita mushohada, hissiyot, intuitsiya, xayol (fantaziya), instinkt va sh. k. ni birinchi oʻringa qoʻyadi. Irratsionalistlar fikricha, inson obʼyektiv voqelikning barcha siru asrorlarini aql yordamida bilishga qodir emas, vo-qelik esa qonuniyatlardan xoli, taso-diflarga, koʻr-koʻrona irodaga boʻysunadi. I. volyuntarizm, hayot falsafa-si, intuitivizm, pragmatizm va ekzistensializm kabi falsafiy oqimlarga xos.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil