Pragmatizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Pragmatizm (yun. pragmatos — ish, harakat) — falsa-fiy taʼlimot. 19a. ning 70-yillarida AQSH da shakllanib keng rivojlandi, bu mamlakat maʼnaviy hayotiga katta taʼsir koʻrsatdi. Oʻtmish falsafasini hayotdan aj-ralib qolgan, mavh-um, kuzatuvchan harak-terga ega, deb bilgan. P. vakillari "falsa-fani taʼmirlash" da-sturini olgʻa surdilar. Ular, falsafa borliq va bilishning ilk asoslarini idrok etishdan iborat boʻlib qolmasligi ke-rak, balki kishilarning oldida koʻndalang boʻlib turadigan, turli hayotiy vaziyat, faoliyat jarayonida ular duch keladigan muammolarni hal qilishi kerak, deb hisoblaydilar. P. amaliyetda insonga nima koʻproq foyda bersa, oʻshanga koʻproq ahamiyat berish zarur, degan gʻoyani ilgari suradi. P.ning asosiy gʻoyalari Ch. Pirsnnki boʻlib, qoidalarini U. Jems, J. Dyui, F.K. S. Shiller, J.G.Mid ishlab chiqqanlar.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil