Intuitivizm
Qiyofa
Intuitivizm - falsafadagi oqim. Unga koʻra, intuitsiya bilishning yagona ishonchli vositasidir. Bu oqim tarafdorlari fikricha, intuitsiya ongning ijtimoiy amaliyot va tafakkurga aloqasi boʻlmagan alohida bir xususiyatidir. Intuitsiyani intellektga qaramaqarshi qoʻyish hayot falsafasi (fransuz faylasufi A. Bergson (1859— 1941) va b.) uchun xosdir. Rus faylasuflari S. L. Frank (1877—1950), Ye. N. Trubetskoy (1863—1920), fransuz neo-tomizmi, qisman fenomenologiya vakillari esa intuitsiya bilan intellektni birlashtirishga uringanlar.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |