Hissiyot

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Hissiyot — shaxsning voqelikdagi narsa va hodisalarga, kishilarga hamda oʻz-oʻziga boʻlgan munosabatlardan kelib chiqadigan kechinmalari. Shaxs tirik mavjudot boʻlishi bilan birga jamiyat aʼzosi hamdir, shuningdek, yakka inson sifatida teva-rak-atrofdagi narsa va hodisalarga munosabatini xolisona aks ettiradi. Inson munosabatlari uning miyasida his-tuygʻular, emotsional holatlar, yuksak ichki kechinmalar tarzida aks etishi H.ni yuzaga keltiradi. H. tushunchasi kundalik gurmushda va ilmiy manbalarda har xil maʼnolarda qoʻllanadi. Kun-dalik turmushda H. tushunchasi oʻrniga sezgilar, anglan-magan mayllar, xohishlar, tilaklar, talablar, maqsadlar atamalaridan foydalaniladi. Ilmiy manbalarda esa, shaxsning ehtiyojini qondiruvchi va unga monelik qiluvchi narsalarga, kishilarga nisbatan oʻz munosabatini miyasida aks ettirish maʼnosida qoʻllanadi. H. bilan emotsiya bir xil maʼnoda ishlatilish holatlari ham uchrab turadi. Kishi tana aʼzolarida ranglarning oʻzgarishi, lablarning titrashi, kulgi, yigʻi, gʻamginlik, ikkilanish va boshqa emotsiya ifodasi hisoblanib, vatanparvarlik, javobgarlik, masʼuliyat. vijdon, sevgi kabi yuksak xislatlarni emotsiya tarkibiga kiritish gʻayritabiiy hodi-sa hisoblanar edi. Ushbu hissiy kechinmalar oʻzining mohiyati, kuch-quvvati, davomiyligi, taʼsirchanligi, yoʻnalganligi bilan bir-biridan keskin farq qiladi. Shu bois ularning muhim farqi shundaki, birinchisi (H.) ijtimoiy, ikkinchisi (emotsiya) xususiy ahamiyat kasb etadi. Shaxsning faoliyati, xulq-atvori, muo-malasi hamda jamiyat uchun ahamiyatli hisoblangan narsa va hodisalarni aks ettiruvchi munosabati H.da mujassamlashadi. Emotsiya faqat insonlarga emas, mavjudotlarga ham taal-lukli ruhiy holatdir. H. ijtimoiy muhitdagi kishilar tomonidan oʻzlashtirilgan gʻoyalar, meʼyorlar, qonunqoidalar, nizomlar, qadriyatlarni aks ettiruvchi anglanilgan his-tuygʻular, murakkab kechinmalarning vujudga kelishi jarayonidir. H.da yuk-sak histuygʻular ongli harakatlarni bajarishning mazmuni bilan uygʻunlashgan shaxs holatining murakkab tarkibida kechadi. Mas, mehnatdan lazzatlanish hislari, axloqiy, aqliy, nafosat tuygʻulari H.ning oʻzagi boʻlib hisoblanadi. Jonivorlar esa bunday imkoniyatlarga ega emas. H.ning fiziologik asosi bosh miya katta yarim sharlari poʻstida va poʻstloq osti qismida yuzaga keladigan nerv jarayonlaridir.

Ergash Gʻoziyev.