Irina Matviyenko

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Irina Matvienkodan yoʻnaltirildi)
Irina Matviyenko
Матвиенко Ирина Александровна

Irina Matviyenko Fransiyada
Tavalludi
Irina Aleksandrovna Matviyenko

13-iyun 1982-yil (1982-06-13) (41 yosh)
Toshkent, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Kasbi jurnalist
Millati rus
Dini Agnostitsizm
Mashhur ishlari Nemolchi.uz loyihasi
Mukofotlari „Huquqiy targ'ibot ishlari aʼlochisi“ koʻkrak nishoni[1]

Irina Aleksandrovna Matviyenko[2] (1982-yil 13-iyun, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik jurnalist[3], aktivist[4], bloger, ayollarga nisbatan zoʻravonlik haqida hikoya qiluvchi Nemolchi.uz loyihasi asoschisi[1]. Oʻzbekistonda sodir etilayotgan ayollarga nisbatan zoʻravonliklarga qarshi harakat qiluvchi huquq himoyachisi[5]. NeMolchi.uz loyihasi ortidan bir necha oʻlim tahdirlari nishoniga aylangan[6]. Shu bois, bloger Oʻzbekistonni tark etadi[7] hamda Gruziyada yashashga qaror qiladi[8]. Ozodlik.orgga bergan intervyusida Oʻzbekistonga qachondir qaytishini taʼkidlaydi[9].

2019-yilda Saxarov stipendiyasi tomonidan moliyalashtirilgan Yevropa parlamenti & Venetsiya Inson huquqlari maktabi hamkorlikdagi tadbirida qatnashish uchun 14 nafar inson huquqlari himoyachilaridan biri sifatida tanlangan. 2022-yilgi „Future Leaders Invitation Program“ (Kelajak liderlarni jalb qilish dasturi) laureati[10].

Oʻlim tahdidi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Irina Matviyenko 2023-yilning 24-aprel sanasida Telegram ijtimoiy tarmogʻi orqali nomaʼlum shaxs tomonidan o‘lim tahdidiga duch keladi[11]. U bu haqida mahalliy ichki ishlar boʻlimiga 28-aprel kuni xabar beradi[12]. 3-may sanasida esa O‘zbekistonni vaqtincha tark etgani haqida eʼlon qildi[13].

Tahdid xabari olinganida va undan keyingi kunlarda oʻzini qanday his qilganligi haqida bloger shunday deydi[7]:

Oʻlim bilan tahdid qilishgandan so‘ng, xatti-harakatlarim o‘zgardi. Avvaliga buni kimningdir ahmoqona hazilidek qabul qilmoqchi bo‘ldim, biroq yolgʻiz qolish yoki ofisga yolgʻiz borish qo‘rqinchli tuyulardi. Erimdan biz ishlayotgan joylarga chiroq o‘rnatishni so‘radim. Psixolog bilan suhbatlashganimdan soʻng, bir necha haftaga mamlakatni tark etishni koʻzladim. Psixolog shu yilning bahorida ruhiy kasalliklarning odatdagidan ko‘proq kuchayganini va tahdid qilgan shaxs meni o‘ldirishi mumkinligini aytganidan soʻng, mamlakatni tark etishga qatʼiy qaror qildim.

— Irina Matviyenko

OAV feministga qilingan tahdidga sabab oʻlaroq Xorazm viloyatidagi mansabdor shaxslarning 3 nafar voyaga yetmagan qizlarga nisbatan jinsiy zoʻravonlik qilgan holatini keltirishadi. Chunki aynan nemolchi.uz loyihasi ushbu zoʻravonlik haqida eng birinchilardan boʻlib bong urib chiqqan nashrlardan biri boʻlgan[14][15].

Zoʻravonlikka uchragan qizlarga nisbatan deputatlarning pozitsiyadan xafsalasi pir boʻlgan Matvienko shunday deydi[16]:

Deputatlar va senatorlar bizga 15 yoshli qizlarning buzuq va yengiltak ekanliklari haqida dalillar keltira boshlashdi. Oʻzingiz oʻylab koʻring, agar biror qiz bir erkak bilan toʻshakka yotsa, bu uning oʻzi avvaldan buzuq ekanligini bildirmaydi-ku!

— Irina Matviyenko

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bloger 2020-yilning 7-dekabr sanasida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Adliya vazirligi tashabbusi bilan „Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida“gi Prezident Farmoni asosida taʼsis etilgan „Huquqiy targʻibot ishlari aʼlochisi“ koʻkrak nishoni bilan mukofotlangan. Bu unvon bilan taqdirlanganlar bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan ragʻbatlantirilishadi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 „“Huquqiy targ'ibot ishlari a'lochisi” ko'krak nishoni o'z sohiblariga topshirildi“. iiv.uz. 2023-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-iyul 2023-yil.
  2. „О проекте“ (ru). nemolchi.uz. — „Учредитель: Матвиенко Ирина Александровна“. Qaraldi: 6-iyul 2023-yil.
  3. „Irina Matvienko“ (en). cabar.asia. — „Journalist in Tashkent, Uzbekistan“. Qaraldi: 6-iyul 2023-yil.
  4. „#HearMeToo: Activists in Central Asia break ground in fight against violence“ (en). undp.org. — „Irina, a journalist and entrepreneur, was at first working on her own - drafting and publishing content, responding to comments in detail and fighting stereotypes.“. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  5. „IRINA MATVIENKO HRD, FOUNDER NeMolchi.uz“. frontlinedefenders.org. Qaraldi: 6-iyul 2023-yil.
  6. „Women's Rights Activist Flees Uzbekistan Fearing For Her Life“. www.rferl.org/. Qaraldi: 6-iyul 2023-yil.
  7. 7,0 7,1 „After receiving death threats, Irina Matviyenko decides to leave Uzbekistan“. qalampir.uz. Qaraldi: 6-iyul 2023-yil.
  8. „Основательница проекта против насилия NeMolchi.uz Ирина Матвиенко уехала из Узбекистана из-за угрозы убийством“. podrobno.uz. Qaraldi: 6-iyul 2023-yil.
  9. „"Жим турма" лойиҳаси жим турмайди". Ирина Матвиенко "ҳаётига таҳдид сабаб" Ўзбекистонни тарк этди“. ozodlik.org. Qaraldi: 6-iyul 2023-yil.
  10. „INSPIRATIONAL INTERVIEW: IRINA MATVIENKO, CEO, NEMOLCHI, UZBEKISTAN – PART II“. thepixelproject.net. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  11. „Nemolchi.uz loyihasi muallifi unga qilingan tahdidlar sababli O‘zbekistonni vaqtincha tark etdi“. gazeta.uz. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  12. „Author of Nemolchi.uz project leaves Uzbekistan after receiving death threats“. kun.uz. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  13. „Journalist Irina Matvienko temporarily leaves her homeland due to death threats from unknown person“. daryo.uz. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  14. „AOKA Irina Matviyenkoga qilingan tahdidlarni qoraladi“. gazeta.uz. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  15. „Xorazmda qizlarning zo‘rlangani haqida rasmiylarga 2 oy oldin xabar berilgan — Irina Matviyenko“. gazeta.uz. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.
  16. „Uzbekistan adopting landmark legislation on gender-based violence“ (en). eurasianet.org. — „“Deputies, senators are starting to give us arguments that there are 15-year-old girls who are depraved, of easy virtue, and so on. If a man sleeps with her, [if it is deemed] she herself seduced him, then he cannot be judged for it,” she said.“. Qaraldi: 7-iyul 2023-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]